O’simliklarning har xil o’suv davrlarida oziqlanish Sharoitiga munosabati. O’sishning turli darlarida o’simliklarning tashqi muhit sharoitlariga, shu
jumladan oziqlanish sharoitlariga talabi turlicha bo’ladi.
O’simliklarning vegetatsiya davrida azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq
elementlarini yutishi har xil bo’ladi. Oziqlanishning kritik davri va oziq moddalari eng intesiv yutilganda maksimal oziqlanish davri tushunchalarini bir-biridan farq qilish lozim. O’simliklar o’sishining dastlabki davrida istemol qiladigan barcha oziq moddalarning absolyut miqdori uncha ko’p bo’lmaydi, lekin eritmada ularning yetishmasligi ham, ko’pligi ham o’simlikka tez taosir qiladi.
O’sishning dastlabki boshlang’ich davrida fosfor bilan oziqlanishga nisbatan kritik davrdir.
Yosh nihollarga fosforning yetishmasligi o’simlikka shu qadar kuchli taosir qiladiki, hatto keyingi rivojlanish davrida fosfor bilan mo’l-ko’l oziqlantirilganda ham hosil juda kam bo’ladi.
O’simliklarning ildiz sistemasi hali yaxshi rivojlanmagan paytda sintetik
jarayonlarning juda tez ketishi sababli yosh nihollar oziqlanish sharoitlariga ayniqsa talabchan bo’ladi.
Demak, bu davrda ildizning bo’g’iz zapasida oziq elementlari oson eriydigan
shaklda, lekin ularning kontsentratsiyasi yuqori bo’lmasligi, azot va kaliyga nisbatan fosfor ko’proq bo’lishi lozim. Vegetatsiyaning boshlang’ich davridanoq barcha elementlar bilan yetarli darajada taminlanishi mo’l hosil yetishtirishning muhim omilidir. Masalan, boshoqli don ekinlarida dastlabki 3-4 ta barg yozish davridanoqreproduktiv organlar - boshoq va ro’vakka asos solinishi va tabaqalanishi boshlanadi. Bu davrda azot yetishmasligi keyinchalik xatto kuchli oziqlantirilganda ham, ro’vakdagi yosh boshoqdagi boshoqchalar sonining kam bo’lishiga hamda hosilning pasayishiga olib keladi.
O’simliklarning yer ustki organlari poya va barglari jadal o’sadigan davrda bargcha oziq elementlarini isteomol qilishi ancha ko’payadi. O’simliklarning o’sish jarayonlarida azot yetakchi rol o’ynaydi.
Azot bilan ko’plab miqdorda oziqlantirish vegetativ organlarning tez o’sishiga, kuchli assimilyatsion apparatning shakllanishiga yordam beradi.
Bunday davrda azotning yetishmasligi esa o’sishning to’xtashiga, keyinchalik esa hosil miqdori va sifatining pasayishiga olib keladi.
Gullash va meva tuga boshlash davriga kelib, ko’pchilik o’simliklarning azotga bo’lgan talabi kamayadi, lekin fosfor va kaliyning ahamiyati ortadi.
Bu ularning fiziologik roli - reproduktiv organlarining shakllanishida va
hosilning tovar qismida zapas moddalar hosil bo’lishida, ayniqsa intensiv boradigan organik moddalar almashinuvida fosfor va kaliyning ishtirok etishi bilan bog’liqdir.
Vegetativ massaning massaning o’sishi to’xtaydigan va hosil tugish davrida barcha oziq moddalarning istemol qilinishi asta -sekin kamayadi, so’ngra ularning o’simlikka yutilishi to’xtaydi.