212
mahsulotlar tannarx obyektlari bo‘lib hisoblanadi: jun-go‘sht va go‘sht –
jun yetishtirishga ixtisoslashtirishgan qo‘ychilikda – jun, qo‘shilgan
hamda tirik vazni: qorako‘lchilikda - qorako‘l teri, jun, joriy yilda
tug‘ilgan qo‘zilar va oldingi yillardagi qo‘zilarning o‘sgan vazni.
Go‘sht va jun yo‘nalishidagi qo‘ychilikdan quyidagi yordamchi
mahsulotlar olinadi: shirdon, sut, nobud bo‘lgan va o‘lik tug‘ilgan
qo‘zilar terisi, go‘ng va boshqalar. Qorako‘lchilikda
bulardan tashqari,
barra go‘shti bo‘lishi mumkin.
Qo‘ychilikning barcha tarmoqlaridan olingan mahsulotlar tan-
narxini hisoblashda hisobot yilida qilingan xarajatlardan qo‘shimcha
mahsulotlar qiymati normativ xarajatlar asosida baholanib chegirib
tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot turlariga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Tug‘ilgan qo‘zilar tannarxini hisoblashda asosiy podaga qilingan
jami xarajatlardan (qo‘shimcha mahsulot qiymati
chegirib tashlangandan
qolgani) quyidagi miqdorda ajratib mahsulot birligiga (qo‘zilar bosh
soniga) taqsimlanadi: jun-go‘sht va go‘sht – jun yo‘nalishidagi qo‘ychi-
likda – 10%, romanov qo‘ychiligida – 12% va qorako‘lchilikda – 15%.
Umumiy xarajatdan qo‘zilar tannarxiga o‘tkaziladigan summa
chiqarib tashlangandan so‘ng qolgan summa qo‘ychilikdan olingan
boshqa asosiy mahsulotlarning (1s ortgan vazn va 1 s jun) realizatsiya
bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi. Tegishli summa esa
mahsulot miqdoriga bo‘linib, uning o‘lchov birligi tannarxi aniqlanadi.
Qo‘ychilikdan olingan ayrim mahsulotlar bir qancha qo‘shimcha
xarajatlarni talab etadi. Bular
jun qirqish xarajatlari, junlarni saralash,
joylash, markalash va jun qirqish punktlarining xarajatlaridan iborat.
Qorako‘l teri olishda esa qo‘zilarni so‘yish, dastlabki ishlov berish,
saralash, markalash xarajatlaridan tashkil topadi. Bunday xarajatlar alo-
hida analitik schotlarda hisobga olinib, tannarx
hisoblashda bevosita jun
va terilar tannarxiga o‘tkaziladi.
Qo‘zilarning sovlig‘idan ajratish paytidagi 1 sentner ortgan tirik
vaznining tannarxi, ularning tug‘ilgan paytdagi tannarxiga parvarishlash
xarajatlari va yil davomida chetdan keltirilgan qo‘zilar qiymatini qo‘shib
qo‘zilarni sovlig‘idan ajratish vaqtidagi joriy yilga tegishli bo‘lgan
vazniga (nobud bo‘lgan qo‘zilar vazni ham qo‘shilgan holda) bo‘lish
yo‘li bilan aniqlanadi.
Echkichilikda ham olingan nasl,
tirik vazn va jun tannarxi
qo‘ychilikdagi kabi tartibda (qorako‘lchilikdagidan tashqari)
aniqlanadi.