216
rishni to‘g‘ri aniqlash, mablag‘larni tejab sarflashni nazorat qilish, oila
pudrati va pudrat asosida ishlaydigan bo‘linmalarning shartnomaviy
majburiyatlarni bajarishi ustidan nazorat qilish va har bir korxona
bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatining (moliyaviy) natijalarini alohida
aniqlashni ta’minlash lozim.
Qishloq xo‘jaligida sanoat ishlab chiqarishlariga qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlaydigan (tegirmon, sutni qayta ishlash, moyju-
voz, konsyerva va pishloq zavodlari va h.) korxonalar va ishlab
chiqarishlar, yog‘och tilish, g‘isht zavodi, salloqxona, hamda mahsulot-
larga oddiy ishlov berishga oid ishlab chiqarishlar (meva vasabzavot-
larni quritish, bodring va pomidor tuzlash va boshqalar) kiradi.
Sanoat ishlab chiqarishida qilingan xarajatlar quyidagi moddalar
bo‘yicha hisobga olinadi: 1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta xa-
rajatlari bilan birgalikda. 2. Xom ashyo va Materiallar. 3. Ishlar va xiz-
matlar. 4. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari. 5. Ishlab chiqarishni
tashkil etish va boshqarishga oid xarajatlar. 6. Sug‘urta to‘lovlari. 7.
Boshqa xarajatlar. 8. Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar.
«Xom ashyo va Materiallar» moddasida tayyorlanadigan
mahsulotning negizini tashkil etuvchi yoki uni tayyorlashda zarur
bo‘ladigan komponentlar: masalan, tegirmon va juvozxonalarda – don-
ning qiymati; kanop va zig‘irni qayta ishlashda – poyaning qiymati;
meva, sabzavot, kartoshka va rezavor mevalarni qayta ishlashda – meva,
sabzavot, kartoshka, dukkaklilar, rezavorlar va boshqalar qiymati.
«Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar» moddasida butunlay
yaroqsizga chiqarilgan mahsulot (buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar)
qiymati, qurulmalarning dastlabki ishlatish vaqtida buzilgan xom-ashyo,
Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qiymati hamda yaroqsizlikni tu-
zatish xarajatlari aks ettiriladi.
Qolgan xarajat moddalari o‘zlarining mazmuniga qarab 2010 va
2020 schotlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan xarajat moddalariga o‘xshashdir.
Dostları ilə paylaş: