R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


VII BOB. REALIZATSIYA JARAYONI HISOBI VA



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə133/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226
VII BOB. REALIZATSIYA JARAYONI HISOBI VA 
MOLIYAVIY NATIJALARNI ANIQLASH 

7.1. Realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalar hisobining 
nazariy asoslari 

Ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlari realizatsiya jarayonida xari-


dorlarga jo‘natiladi va ular qabul qilib olgan mahsulotlari uchun shart-
noma narxida fermer xo‘jaliklariga pul to‘laydi. Mahsulotlarning shart-
noma bahosi tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir
qancha xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan
bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning ishlab
chiqarish tannarxiga ularni xaridorlarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar qo‘shilmaydi, ular davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va
asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sotish (ish bajarish va
xizmat ko‘rsatish) shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma ma-
jburiyatlarining bajarilishi va hisob-kitoblar ustidan nazorat o‘rnatish
uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyiladi:

barcha mahsulot (ish, xizmat)lar va ularning alohida turlari
bo‘yicha haqiqiy realizatsiya hajmini aniqlash. Realizatsiya hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobida natural va qiymat
o‘lchovlarida ifodalanadi;

sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxi va ularning
shartnoma bahosi bo‘yicha qiymatini taqqoslash yo‘li bilan realizatsiya
jarayonining haqiqiy natijalarini aniqlash. Olingan foyda yoki ko‘rilgan
zarar ko‘rsatkichi nafaqat butun mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish,
xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya qilishning, balki ularning alohida tur-
lari bo‘yicha ham rentabelli yoki norentabelli (zarar ko‘rilayotgan)
mahsulot turlarini aniqlashga imkon beradi;

tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati,
ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan
shartnomada ko‘rsatilgan oldin to‘lov(bo‘nak)larning o‘z vaqtida olin-
ishi, tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o‘z vaqtida yuklab


230
jo‘natilishi va bankka barcha to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda


yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Realizatsiya jarayonini hisobga olish uchun qo‘llaniladigan schot-
larning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot
sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daro-
madlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan
daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan
tovarlar tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schotlari
muhim o‘rin tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130, schotlarining
debet tomonida, olingan daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlarning
kredit tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, realizatsiya jarayoni va
moliyaviy natijalarni hisobga olishda 9200-"Asosiy vositalar va boshqa
aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlar" (9210-9220),
9300-Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schot-
lar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350, 9360, 9370, 9380, 9390), 9410-
«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» (9410, 9420, 9430, 9440),
9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar»
(9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600-«Moliyaviy faoliyat
bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» (9610, 9620, 9630, 9640,
9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oluvchi
schotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun
foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlar» (9810, 9820) va 9900-
«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar» (9910)
qo‘llaniladi (1-ilova. Schotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot
davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, reali-
zatsiya natijalari aniqlanadi.
Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalarni quyidagi misollar va
chizmalar bilan mustahkamlaymiz.
Masalan, korxonaning birinchi sentabr 2011 yilga 2810-«Ombord-
agi tayyor mahsulotlar» schoti va uning analitik schotlarida qoldiqlar
quyidagicha:
«V» mahsulot 276000 so‘m (18400 dona, haqiqiy tannarxi 15
so‘m),
«G» mahsulot 300000 so‘m (15000 dona, haqiqiy tannarxi 20
so‘m).
Jami:576000 so‘m

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin