NAZORAT TESTLARI 1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Ta’minotdan boshlanib to tayyor mahsulot olinguncha qilinadi-
gan operatsiyalar
B) Ishlab chiqarish boshlangandan u tayyor bo‘lib, sotilib, to puli
kelib tushgungacha bo‘lgan jarayon
C) Ishlab chiqarish boshlangandan (masalan, urug‘ ekilgandan) to
tayyor mahsulot olinguncha qilinadigan operatsiyalar
D) Mahsulot tayyor bo‘lib, sotilib, to puli kelib tushgungacha
bo‘lgan jarayon
2. Dehqonchilik xarajatlarining analitik hisobi qaysi moddalar bo‘yicha yuritiladi? A) mehnat haqi; urug‘lik; o‘g‘itlar; o‘simliklarni himoya qilish
vositalari; ishlar va xizmatlar; asosiy vositalarni saqlash xarajatlari va
boshqalar
B) ma’muriy xarajatlar, sotish bilan bog‘liq xarajatlar, operatsion
xarajatlar
C) moliyaviy xarajatlar; urug‘lik; o‘g‘itlar; o‘simliklarni himoya
qilish vositalari
D) ma’muriy xarajatlar; urug‘lik; ishlar va xizmatlar; asosiy vosi-
talarni saqlash xarajatlari va boshqalar
3. Asosiy ishlab chiqarishga urug‘lik xarajati qilinsa, qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? A) Dt 2010 Kt 5010
B) Dt 2010 Kt 1010
C) Dt 1010 Kt 2010
D) Dt 2010 Kt 6710
4. Asosiy ishlab chiqarishda ishlayotgan xodimlarga ish haqi hisoblanganda, qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? A) Dt 2010 Kt 6720
B) Dt 2010 Kt 1010
227
C) Dt 1010 Kt 2010
D) Dt 2010 Kt 6710
5. Asosiy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vosita- larga eskirish hisoblanganda, qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi? A) Dt 2010 Kt 6720
B) Dt 2010 Kt 0220-0290
C) Dt 2010 Kt 1010-1090
D) Dt 2010 Kt 6710