R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə129/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226
Mol so‘yish. Chorva mollari va parrandalar korxonaning ichki
ehtiyojlari uchun noilojlikdan so‘yiladi. Mol va parrandalarni so‘yishdan
asosiy mahsulot – go‘sht, qo‘shimcha mahsulotlar – teri, tuyog‘i, shoxi,
pat va boshqalar olinadi. Mol va parrandalarni so‘yishdan olingan
mahsulotlar tannarxi ularning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Masalan,
go‘shtning tannarxini hisoblash uchun qilingan jami xarajatdan
(so‘yilgan chorva mollari qiymatini ham qo‘shgan holda) qo‘shimcha
mahsulotlar, shox, tuyoq, pat va boshqa yordamchi mahsulotlar sotish
bahosida baholanib chegirib tashlanadi va qolgan summa olingan go‘sht
miqdoriga bo‘linadi. I tonna go‘sht tannarxini uning massasiga tegishli
xarajatlar summasini olingan go‘sht miqdoriga (tonna) bo‘lib
aniqlanadi.

Qorako‘l teri tannarxini aniqlash uchun oldin qorako‘l
qo‘zilarni so‘yish punktiga olib kelish, so‘yish, terilarga dastlabki ishlov
berish, so‘yish punktiga doir xarajatlar va so‘yilgan qo‘zilarning qiymati
alohida analitik schot ochib hisobga olinadi. So‘ng bu xarajatlardan
sotish narxida baholangan qo‘shimcha mahsulot (barra go‘shti,
shirdon)lar qiymati chegirib tashlanadi. Qolgan summani qorako‘l
terilarning miqdoriga bo‘lib bir dona qorako‘l tyerining haqiqiy tannarxi
aniqlanadi.


222
6.6.3. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz (brak) mahsulotlarni hi-


sobga olish

Sifati bo‘yicha belgilangan standartlar, texnik talablar yoki shart-


nomalarga mos kelmaydigan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar
yaroqsiz (brak) hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor
mahsulotlarni baholashda aniqlangan kamchiliklarning tavsifiga ko‘ra
yaroqsizlik tuzatiladigan va tuzatilmaydigan yaroqsizlikka bo‘linadi.
Tuzatiladigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlanishiga
ko‘ra ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamda tuzatilish imkoni mavjud va bu
iqtisodiy jahatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan buyumlar va yarim tayyor
mahsulotlar hisoblanadi.
Tuzatilmaydigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlan-
ishiga ko‘ra ishlatilishi mumkin bo‘lmagan hamda tuzatilish imkoni
yo‘q va tuzatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan bu-
yumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Bunday buyumlar ish-
latish mumkin bo‘lgan bahoda sotiladi yoki boshqa turdagi mahsulot-
larni qayta ishlash uchun ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Yaroqsizlik aniqlangan joyiga ko‘ra ichki va tashqi yaroqsizlikka
bo‘linadi. Ichki yaroqsizlik deb mahsulot xaridorga jo‘natilgunga qadar
korxonada aniqlangan yaroqsizlik hisoblanadi. Mahsulot xaridorga
jo‘natilgandan so‘ng aniqlangan yaroqsizlik tashqi yaroqsizlik deyiladi.
Yaroqsizlik aniqlangan chog‘da texnik nazorat bo‘limining xodimlari
mahsulot chiqishini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda tegishli
belgilar qo‘yadi.
Tuzatilmaydigan yaroqsizlik yaroqsizlik to‘g‘risidagi dalolatnoma
yoki yaroqsizlik to‘g‘risidagi qaydnoma bilan rasmiylashtirilib, unda
yaroqsizlikning bir qancha faktlari qayd qilinadi.
Dalolatnomada yaroqsizlik tavsifi, uning sababi, yaroqsizga
chiqarilgan mahsulot miqdori, yaroqsizlik aybdori, yaroqsiz mahsulot
tannarxi, aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summa, yaro-
qsizlikdan yo‘qotishlar hamda yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar qabul
qilinganligi to‘g‘risida omborchi yoki qabul qilgan sex belgisi
ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma texnik nazorat bo‘limining xodimi, usta va sex bosh-
lig‘i tomonidan tuziladi va buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda yaroqsiz
mahsulotning tannarxi hisoblab chiqariladi. Dalolatnoma xo‘jalik yuri-
tuvchi subyekt rahbari tomonidan tasdiqlanib, unda yaroqsizlikdan


223
ko‘rilgan zararni hisobdan chiqarish – aybdor shaxsdan undirish yoki


ishlab chiqarishga olib borish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan kelib chiqqan yo‘qotishlar uning
tannarxidan yaroqsizga chiqarilgan buyumlarning ishlatish mumkin
bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati va aybdor shaxslardan undiriladigan
summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tuzatilmaydigan ichki yaroqsizlik tannarxi belgilangan xarajat
moddalari bo‘yicha haqiqiy xarajatlardan tashkil topadi. Bunda «ishlab
chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari», «yaroqsizlikdan kelib
chiqadigan yo‘qotishlar», «boshqa ishlab chiqarish xarajatlari» mod-
dalari hisobga olinmaydi. Buyumlar soni ko‘p bo‘lgan korxonalarda
yaroqsizlik odatda reja yoki normativ tannarxdan kelib chiqqan holda
baholanadi.
Tuzatiladigan ichki yaroqsizlik tannarxi tuzatish uchun sarflangan
xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar hamda tuzatishda
band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va
umumishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Tuzatiladigan ichki yaroqsizlikdan yo‘qotishlar uning tannarxidan
aybdor shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bi-
lan aniqlanadi.
Tashqi yaroqsizlik qiymati yaroqsizga chiqarilgan mahsulotning
ishlab chiqarish tannarxi, xaridorlar tomonidan ushbu mahsulotni sotib
olish xarajatlari, hamda yaroqsizga chiqarilgan mazhsulotlarni almashti-
rishdagi transport xarajatlari yoki iste’molchining yaroqsizga chiqarilgan
mahsulotni tuzatish xarajatlaridan tashkil topadi.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikdan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ax-
borotlar 2610-«Ishlab chiqarishgdagi yaroqsiz mahsulotlar» schotida
umumlashtiriladi. 2610-schotning debetida aniqlangan yaroqsizlikka
doir xarajatlar hamda kafolatli ta’mirlash xarajatlari aks ettiriladi. Bu
schotning kreditida esa yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlarni kamayti-
radigan summalar (yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning ishlatish
imkoni bo‘lgan bahodagi qiymati, aybdor shaxslardan undiriladigan
summalar, ishlatilishi natijasida yaroqsizlik vujudga kelgan, mol yet-
kazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan sifatsiz Materiallar yoki yarim
tayyor mahsulotlar uchun undiriladigan summalar va h.k.) hamda yaro-
qsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga
olib boriladigan summalar aks ettiriladi.


224
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti bo‘yicha


analitik hisob korxonaning alohida bo‘linmalari, mahsulot turlari, xarajat
moddalari va yaroqsizlik sabablari bo‘yicha yuritiladi.
Aniqlangan yaroqsizlik va kafolatli ta’mirlash bo‘yicha xarajat-
larga 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti debetlan-
ganda quyidagi schotlar kreditlanishi mumkin:
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaro-
qsizlikni tuzatishga sarflangan Materiallar qiymatiga;
2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqar-
ish» schotlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan,
tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda;
2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» schoti
– o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi
aniqlangan va hisobdan chiqarilganda;
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti – umum ishlab
chiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yaroqsiz mahsulot tannarxiga
qo‘shilganda;
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti – yaroqsizga
chiqarilgan mahsulotlar o‘rniga xaridorlarga jo‘natilgan mahsulotlarning
haqiqiy tannarxi;
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar» – mol yetkazib beruvchilardan yaroqsizlikni tuzatishda va ka-
folatli ta’mirlash bo‘yicha olingan xizmatlar summasiga;
6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schoti – yaro-
qsizga chiqarilgan mahsulotlar bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha davlat
maqsadli fondlariga qlingan ajratmalar summasiga;
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti
– yaroqsizlikni tuzatishda ishtirok etgan xodimlarga mehnat haqi
hisoblanganda;
4220-4290, 6970-schotlar – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarni
qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hisobdor shaxslar zimmasidan hisob-
dan o‘chirilganda;
6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti – iste’molchilarning yaro-
qsizlikni tuzatishga doir xarajatlari bilan bog‘liq sarflar summasiga.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti kreditlan-
ganda quyidagi schotlar debetlanadi:
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaro-
qsizlikni tuzatish chog‘ida qolgan Materiallar kirimi va tuzatilmadigan
yaroqsizlik ishlatish mumkin bo‘lgan bashoda hisobdan chiqarilganda;


225
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti, 2310-«Yordamchi ishlab


chiqarish» schoti – yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy va yor-
damchi ishlab chiqarishlarning mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga
qo‘shilganda;
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schoti – o‘tgan yillardagi
yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin