R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot olinishi-



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə126/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   226
6.6.1. Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot olinishi-
ning dastlabki, analitik va sintetik hisobi 

Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga


olishda xilma-xil dastlabki hujjatlar va hisob registrlari qo‘llaniladi.
Bajarilgan ish va sarflangan mehnatni hisobga olish ishbay ishlar 
uchun naryad (70 va 70a-shakllar)ga asosan amalga oshiriladi.


217


Salloqxonalarda mollarning so‘yilishini rasmiylashtirish uchun
asosiy podadagi chorva molini brakka chiqarish dalolatnomasi (№57
shakl), chorva mollari va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatno-
masi (№100 shakl) chorva mollarini tarozida tortish qaydnomasi (bo-
quvdagi yosh va katta yoshdagi mollarni so‘yish paytida) kabi dastlabki
hujjatlardan foydalaniladi. So‘yishdan olingan mahsulotni hamda mah-
sulotning tayinlanishi dalolatnomaning orqa tomonidaga shu mahsulotni
omborga topshirishga asos bo‘lgan nakladnoy raqamini ko‘rsatgan holda
yoziladi.
Sutni va sut mahsulotlarini qayta ishlashni har kuni hisobga olish
uchun sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash qaydnomasi (№124-shakl)
da foydalaniladi. Bu qaydnoma sutni qayta ishlash punktining boshlig‘i
tomonidan ikkita nusxada to‘lg‘aziladi. Qaydnomaning birinchi nusxa-
sida qayta ishlash uchun berilgan sut va sut mahsulotlarining nomi, miq-
dori, sifati, ikkinchi nusxasida esa qayta ishlashdan olingan mahsulotlar
xuddi shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha yozib boriladi.
Xo‘jalik tegirmon va juvozxonalarda don yanchish (maydalash) 
pattasi (kvitansiyasi) (122-shakl) dastlabki hujjat bo‘lib hisoblanadi. U
tegirmon (juvozxona) boshlig‘i tomonidan don olingan vaqtda ikki
nusxada to‘lg‘aziladi. Birinchi nusxasi yanchish uchun don topshirgan
shaxsga beriladi, ikkinchisi esa tegirmon (juvozxona)da qoladi.
Sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun sarflangan xom-ashyo,
materiallar, idishlar va boshqa materiallar, shuningdek, olingan tayyor
mahsulotlarni rasmiylashtirishda mahsulotni qayta ishlash to‘g‘risidagi 
hisobot (123-shakl) tuziladi. Bu hisobot ilova qilingan hujjatlar bilan
birga buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobot ikki bo‘limdan iborat bo‘lib,
uning birinchi bo‘limida qayta ishlash uchun qabul qilingan xom-ashyo
va Materiallar ko‘rsatilsa, ikkinchi bo‘limida ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotlar aks ettiriladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlar, shuningdek, «Ish va xizmat-
larni hisobga olish jurnali» ma’lumotlari asosida sex boshlig‘i oy oxirida
sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti to‘lg‘azadi.
Buxgalteriyada tekshirib qabul qilingan ishlab chiqarish hisoboti
ma’lumotlari 10-ASK jurnal-orderidagi tegishli schotlar bo‘yicha
o‘tkaziladi.
Sanoat ishlab chiqarishiga xarajatlar qilinganda 2030-«Sanoat ish-
lab chiqarish» schoti debetlanib quyidagi schotlar kreditlanadi:
0500-"Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schot-
lar" (0510-0590) nomoddiy aktivlarga hisoblangan eskirish summasiga;


218
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – sar-


flangan xom-ashyo va Materiallar qiymatiga;
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti - qayta ishlashga
berilgan tayyor mahsulotlar qiymatiga;

9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schoti – o‘z


xo‘jaligida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, o‘stirilayotgan va
boquvdagi chorva mollarining shartnoma bahosiga;
6710 – «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»
schoti – hisoblangan mehnat haqi summasiga va boshqa schotlar.
Qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlar va aholidan qabul qilingan
Materiallarga ishlov berish tannarxini aniqlash uchun alohida analitik
schotlarda hisobga olingan xarajatlarni qabul qilingan Materiallar ha-
jmiga bo‘lish kyerak.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari reja tannarxida qabul qilin-
ganda 2030 schot kreditlanib quyidagi schotlar debetlanadi:
1010 – schot o‘z ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo va Materiallar
sifatida kirimga olingan mahsulotlar qiymatiga.

2810 – schot – sotish va qisman o‘z ehtiyojlari uchun


foydalaniladigan sanoat mahsulotlari qiymatiga;
9720 – schot – tabiiy ofatlar oqibatida to‘liq nobud bo‘lgan sanoat
ishlab chiqarish mahsulotlari uchun qilingan xarajatlar summasiga.
Yil oxirida mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng
uni reja tannarx darajasiga yetkazib qo‘yiladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin