R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari bo‘yicha xara-



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə127/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   226
6.6.2. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari bo‘yicha xara-
jatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning xususiyatlari 

Sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxini hisoblashda


mahsulot tayyorlash uchun qilingan xarajatlardan (qayta ishlangan xom-
ashyo qiymatinini ham qo‘shgan holda) olingan yordamchi mahsulotlar
qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa asosiy mahsulot miqdoriga
bo‘linadi.
Lekin har bir sanoat ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlariga
ega bo‘lganligi uchun ularning mahsulotlari tannarxini hisoblashda ham
shunday xususiyatlar mavjud.
Sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxini hisoblash
tartibini quyidagi ishlab chiqarishlar misolida ko‘rib chiqamiz.
Tegirmon (juvozxona)da donni qayta ishlash. 


219
Donni qayta ishlashda, un, yorma, maydalangan don tannarx


hisoblash obyektlari bo‘lib hisoblanadi.
Tegirmonda tortilgan I t un, yorma yoki maydalangan donning tan-
narxi muay'an mahsulot turini tayyorlash uchun tegirmon yoki ju-
vozxonada qilingan xarajatlar umumiy summasidan (qayta ishlangan
don qiymatini ham qo‘shgan holda) foydalansa bo‘ladigan chiqindilar
qiymati (xarid narxi yoki foydalanish narxida baholanib) chegirib tash-
lanib qolgan summani qayta ishlashdan olingan mahsulot miqdoriga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar tegirmonda xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan g‘alla bilan
birga chet buyurtmachilar va aholi g‘allasi tortilsa, xarajatning umumiy
summasidan tortishga qabul qilingan o‘z donining qiymati chegirib
tashlanadi va g‘allani tortishga qilingan xarajat aniqlanib olinadi.
So‘ngra bu xarajatlar summasi tortilgan g‘alla (o‘ziniki va buyurt-
machilarniki) miqdoriga bo‘linib, 1 sentner tortilgan g‘alla tannarxi
aniqlanadi.
Xo‘jalikka tegishli tortilgan un, yorma va boshqa mahsulotlar tan-
narxini aniqlash uchun 1 s g‘allaning tortish tannarxi jamim tortilgan
g‘alla miqdoriga ko‘paytirilib, hosil bo‘lgan summaga g‘allaning qiy-
mati qo‘shiladi va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib,
qolgan summa olingan un yoki yorma miqdoriga bo‘linadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin