R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Chorvachilik mahsulotlarining tannarxini



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə120/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   226
6.5. Chorvachilik mahsulotlarining tannarxini
hisoblash 

Yil oxirida chorvachilik mahsulotlari tannarxini hisoblashdan oldin


2012-«Chorvachilik» schoti bo‘yicha hisob ma’lumotlari puxta
tekshiriladi. Har bir chorva turi (guruhi) bo‘yicha umumiy xarajatlar va
yil davomida olingan mahsulotlarning umumiy summasi aniqlanadi.
Bunda xarajatlar hisob obyektlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, kishi-
soatlar, ozuqa-kunlar va ozuqa birliklari to‘g‘ri hisobga olinishi, chorva-
chilikning ayrim tarmoqlari (parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik,
tuyachilik) bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining to‘g‘ri
aniqlanishi, olingan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar miqdori
hamda qiymatining to‘g‘ri aks ettirilishga e’tibor berish zarur.
Chorvachilikda asosiy mahsulotlar: sut, jun, tuxum, nasl, tirik vazn,
umumiy tirik vazn va boshqalar tannarx hisoblash obyektlari bo‘lib


209
hisoblanadi. Ko‘pchilik tarmoqlarda bir vaqtning o‘zida o‘zaro bog‘liq


mahsulotlarning bir qancha turlari olinadi. Sut yo‘nalishidagi qoramol-
lardan sut va nasl; qo‘ychilikdan – jun, nasl, qo‘shilgan vazn; parranda-
chilikdan – tuxum, go‘sht va boshqalar olinadi. Shu sababli xarajat
obyektlari bilan tannarx hisoblash obyektlari bir-biridan farq qiladi va
natijada xarajatlarni mahsulot turlariga to‘g‘ri taqsimlash zarurati
tug‘iladi. Chorvachilikda qo‘shimcha mahsulotga go‘ng, parranda axlati,
jun-tivit, pat, tyeri hamda nobud bo‘lgan hayvonlardan olingan nimta-
langan go‘sht va boshqalar kiradi.
Go‘ngning tannarxi muayyan sharoitidagi uni yig‘ishtirish va
to‘shamalarning normativ xarajatlari hamda go‘ng chiqarish va saqlash
xarajatlari asosida aniqlanadi.
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari bo‘yicha mahsulotlar tannarx-
ini hisoblash tartibini ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin