201
Qo‘ychilikda xarajatlar hisobi uning yo‘nalishlari – mayin junli,
yarim mayin junli, yarim dag‘al junli, dag‘al junli, qorako‘l tyeri vabarra
tyeri bo‘yicha yuritiladi:
Parrandachilikda tuxum qo‘yadigan tovuqlar: katta yoshli tuxum
qo‘yadigan tovuqlar; go‘sht uchun boqiladigan tovuqlar, 1 kunlikdan
150 kunlikkacha bo‘lgan jo‘jalar. Go‘sht va go‘sht – tuxum
yo‘nalishidagi tovuqlar: katta yoshli ona tovuqlar; 1 kunlikdan 180
kunlikkacha bo‘lgan
yosh tovuqlar; jo‘ja (broylyer)lar. Parrandalarning
boshqa turlari (o‘rdaklar, g‘ozlar, kurkalar va b.) bo‘yicha hisob ikki gu-
ruhga ajratib yuritiladi: katta yoshdagi va barcha yoshdagi yosh parran-
dalar. Inkubatorlardagi tuxumlar parrandalar turi bo‘yicha hisobga oli-
nadi.
Yilqichilikda (otlar, eshaklar, xachirlar) naslchilik: nasldor (zotli)
otlarning asosiy podasi, zotli toychalar (tug‘ilgan yili bo‘yicha). Ishlati-
ladigan yilqichilik (sut beradigan va uyurdagi yilqilar): asosiy poda, bar-
cha yoshdagi uyurdan ajratilgan yosh yilqilar. Yosh ishchi otlarni yet-
ishtirish alohida hisobga olinadi (katta yoshdagi ishchi otlar bosh soni
bo‘yicha xarajatlar 2310-schotda hisobga olinadi).
Tuyachilikda xarajatlarni hisobga olish ikki guruh bo‘yicha yuriti-
ladi: asosiy poda, barcha yoshdagi bo‘taloqlar, bo‘rdoqiga boqiladigan
tuyalar. Barcha guruh hayvonlar birgalikda saqlanganda xarajatlar hay-
vonlarning barcha guruhlari bo‘yicha birlashgan holda hisobga olinadi.
Quyonchilikda va mo‘ynali hayvonlarda. Ishlab chiqarish
yo‘nalishlari bo‘yicha (go‘sht, teri, tivit) hisobga olinadi. Mo‘ynali
hayvonlar hayvon turlari bo‘yicha ikki
guruhga asosiy poda va yosh
hayvonlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi.
Cho‘chqachilikda chuchqaning asosiy podasi, ikki oylikdan to‘rt
oylikkacha bo‘lgan yosh cho‘chqalar, to‘rt oylikdan katta bo‘lgan yosh
cho‘chqalar va bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqalar. Ixtisoslashtirilma-
gan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi tarmoq bo‘yicha umumiy yuritiladi.
Baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik hayvonlar va parrandalarni
sun’iy qochirish. Baliqchilikda: umuman tarmoq bo‘yicha ixti-
soslashtirilgan xo‘jaliklarda semirtiriladigan va pitomnik havzalari
bo‘yicha alohida. Asalarichilikda – asalari boqish, asal, asal changlatish,
changlatish bo‘yicha. Ipakchilik – umuman tarmoq bo‘yicha. Sun’iy ur-
chitish – hayvonlar turi bo‘yicha nasl beruvchilar (sperma olish).
Chorvachilikda analitik schotlar hayvonlar
guruhlarining turlari
yoki yosh-jinslari bo‘yicha ochiladi. Biroq, ayrim hollarda mahsulot
tannarxini yanada aniqroq hisoblash maqsadida yondash mahsulotlarn-
202
ing ayrim turlari bo‘yicha to‘g‘ri xarajatlarni alohida hisobga olish
uchun qo‘shimcha analitik schotlar ochiladi. Masalan, qorako‘lchilikda
qo‘shimcha analitik schotlar ochilishi mumkin: qo‘ylarning junini
qirqish bo‘yicha xarajatlar va qorako‘l terilari olish bo‘yicha xarajatlar.
Birinchisiga jun qirqish punktini saqlash, jun qirquvchilar mehnatiga
haq to‘lash, junni markalash, saralash va tashish bo‘yicha xarajatlar
kiradi; ikkinchisiga - qo‘zichoqlarni so‘yish,
dastlabki ishlov berish,
tyerilarni oshlash va tashish xarajatlari kiradi. Natijada jun va qorako‘l
terining tannarxini aniq belgilash imkoni yaratiladi.
Chorvachilikdagi ayrim analitik schotlarda ozuqa tayyorlash
xonalari va sexlarida ozuqa tayyorlash bo‘yicha xarajatlar hisobga oli-
nadi. Belgilangan muddatlarda hisobga olingan xarajatlar bu schotlardan
chiqarib tashlanadi va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha xarajatlar
obyektlari schotiga tayyorlangan (berilgan) ozuqa miqdoriga mutanosib
taqsimlanadi.
Dehqonchilikdan farq qilgan holda chorvachilik bo‘yicha yil
oxiriga, odatda, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu shu bilan
bog‘liqki, chorvachilikning asosiy tarmoqlari hisoblangan qoramol-
chilik, qo‘ychilik va boshqalar bo‘yicha har bir
yildagi qilingan xarajat-
larni shu yilda olingan mahsulotlar tannarxiga olib boriladi. Lekin, chor-
vachilikning parrandachilik, baliqchilik, yilqichilik, asalarichilik kabi
ayrim tarmoqlarida yil oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lishi
mumkin. Masalan, agar parrandachilikda tuxumlar inkubatorga joriy
yilning 10 dekabridan keyin quyilib, yil oxirigacha jo‘jalar
ochib
chiqarilmagan bo‘lsa, tuxumlar va ularni inkubatorga quyish xarajatlari
keyingi yilga o‘tadi.
Asalarichilikda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga asala-
rilar qishlashi uchun uyalarida qoldirilgan asal qiymati; baliqchilikda –
keyingi yilga o‘tadigan baliqlarni urchitish xarajatlari; tuyachilikda esa
birinchi bo‘g‘oz bo‘lib, keyingi yilda tug‘adigan tuyalarni saqlash uchun
qilingan xarajatlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: