R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Chorvachilik xarajatlari, mahsulotlar chiqishini hisobga



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə116/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   226
6.4. Chorvachilik xarajatlari, mahsulotlar chiqishini hisobga 
olish va tannarxini hisoblash 

6.4.1. Chorvachilik tarmog‘i tavsifi, hisobining vazifalari va 
uslubiy asoslari 

Chorvachilik tarmog‘i aholining sut, go‘sht va boshqa oziq-ovqat


mahsulotlariga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida islohotlarning chuqurlashtirish
natijasida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, mas'uliyati
cheklangan jamiyatlar (MCHJ) va xususiy chorvachilik korxonalari
rivojlanmoqda. Ushbu tarmoq rivojlanishidagi bunday yo‘nalish
mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish
mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini arzonlashtirishga imkon
yaratmoqda.
Chorvachilik o‘simlikchilik bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining
muhim tarmog‘i bo‘lib, uning tarkibiga sut va go‘sht yo‘nalishidagi
qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, yilqichilik, parrandachilik,
asalarichilik, quyonchilik, ipakchilik, baliqchilik va boshqalar kiradi.
O‘z navbatida bu tarmoqlarning har biri mahsulotning ayrim turlarini
yetishtirishga ixtisoslashgan holda muayyan ishlab chiqarishlarni:
qoramolchilik – sut chorvachiligini hamda mol go‘shti, parrandachilik –
tuxum hamda parhez go‘sht yetishtirishni o‘z ichiga oladi.
Shunga ko‘ra, chorvachilikdagi xarajatlar ishlab chiqarish sohalari
va turlari bo‘yicha farqlanadi. Bu esa buxgalteriya hisobida o‘z aksini
topishi kyerak.
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi chorvachilikda ham ishlab chiqar-
ish xarajatlari xilma-xil. Ular turli xildagi moddiy xarajatlarni (ozuqa,
biopreparatlar, dori-darmonlar, turli Materiallar va hokazolar), sarflan-
gan mehnat, asosiy vositalarning eskirishi va boshqalarni o‘z ichiga
oladi. Demak, buxgalteriya hisobi chorvachilik xarajatlarini ularning
turlari bo‘yicha qat’iy hisobga olishni ta’minlashi kerak.


Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi


Nizomning 18-ilovasi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi
vazirligining 21.01.2008 y. 1-son va Ѕ – son qarorlari bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan. № 1781, 26.03.2008 y)

199
Chorvachilikda mablag‘larning doiraviy aylanishi dehqonchilikda-


giga qaraganda muhim farq va xususiyatlarga ega. Tarmog‘da ishlab
chiqarishning texnologik jarayoni muomalalarning bir maromda sodir
bo‘lishi va bir xilligi bilan o‘simlikchilikdagidan farq qiladi. Bu xususi-
yatlar albatta, tabiiyki, xarajatlarni hisobga olishni tashkil etishga ta’sir
ko‘rsatadi.
Chorvachilikda, odatda, mablag‘lar sarflanishi va mahsulotlar olish
davrlarida uzulishlar uzoq davom etmaydi. Shu bois, joriy yildagi barcha
xarajatlar mazkur kalendar yilida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga te-
gishli bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobida chorvachilik xarajatlarini,
dehqonchilikdagi singari, yondash yillarga ajratish zaruriyati yo‘q.
Chorvachilikdagi barcha xarajatlar joriy yil mahsulotlari uchun qilinadi-
gan xarajatlar hisobga olinadigan schotlarda aks ettiriladi.
Chorvachilikda dehqonchilikdagi singari bajariladigan ishlar ham
xilma-xil bo‘lmaydi. Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni
bajariladigan ishlar (oziqlantirish, mollarga qarash va mahsulot ol-
ish)ning bir xilligi bilan tavsiflanadi. Bu ishlarning hammasi, odatda,
uzluksiz davom etadi va vaqt bo‘yicha qat’iy chegaralanmaydi. Demak,
buxgalteriya hisobida xarajatlarni mana shu belgilar bo‘yicha
bo‘limlarga ajratish uchun ehtiyoj yo‘q.
Nihoyat, chorvachilikda ishlab chiqarish jarayoni, odatda, bir joyga
jamlangan bo‘ladi. Masalan, sut ishlab chiqarish sutchilik majmuilarida
va hokazo. Shunday ekan, buxgalteriya hisobida xarajatlarni ayrim ish-
lab chiqarish bo‘linmalari bo‘yicha hisobga olishga ham ehtiyoj yo‘q.
Shunday qilib, chorvachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini yon-
dash yillar, ish turlari va ba’zan ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi mu-
him belgilar bo‘yicha alohida-alohida hisobga olishga ehtiyoj yo‘q.
Xarajatlarni chegaralash va tegishli yakuniy ma’lumotlar olish, odatda,
ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
- ishlab chiqarishning asosiy turlari va chorva mollarining asosiy
guruhlari bo‘yicha;
- xarajatlarning asosiy turlari bo‘yicha;
Ayrim hollarda masalan, qorako‘lchilik va parrandachilikda xara-
jatlar hisobi bo‘linmalari alohida tashkil etilishi mumkin.
Xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarining guruhlari
bo‘yicha hisobga olish analitik hisob obyektlarini to‘g‘ri tashkil etish hi-
sobiga ta’minlanadi. Analitik hisob obyektlari chorvachilikning asosiy
tarmoqlari bo‘yicha, tarmoq ichida esa ishlab chiqarishning har bir
turibo‘yicha yoki chorvamollarining guruhi bo‘yicha ochiladi.


200
Xarajatlarni asosiy turlari bo‘yicha hisobga olish hisob registrlarini


tegishli tarzda tuzish orqali ta’minlanadi. Xarajatlarni hisobga olish ko‘p
grafali shakldagi registrlarda xarajatlarning har bir tarmog‘iga alohida
grafa ajratilgan holda olib boriladi.
Chorvachilik xarajatlarni hisobga olishda har xil uslublardan foy-
dalanish ehtiyoji paydo bo‘lmaydi. Barcha zarur ma’lumotlar analitik hi-
sob va hisob registrlarini odatdagicha tuzish orqali olinadi.
Chorvachilik xarajatlari hisobining olishning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
¾
xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarning gu-
ruhlari bo‘yicha iqtisodiy asoslangan holda ajratish;
¾
yetishtiriladigan mahsulotning tannarxi shakllanadigan bar-
cha xarajatlarni iqtisodiy jihatdan bir turdagi element va tarmoqlar
bo‘yicha aniq ajratib chiqish;
¾
chorvachilikdan olingan mahsulotlarni o‘z vaqtida, aniq va
to‘liq aks ettirish;
¾
xo‘jalikning bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlarni aniq aks etti-
rish;
¾
asosiy, yondash va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini iqtiso-
diy asoslangan holda hisoblash.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin