386
Birlamchi hujjatlarga imzo quyish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
ro‘yxatini rahbar alohida buyruq bilan tasdiqlaydi.
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi va muddatini korxona rahbari bel-
gilaydi, inventarizatsiya o‘tkazish majburiy bo‘lgan
hollar bundan
mustasno.
Buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyati
Asosiy vositalar bo‘yicha foydali ishlatish muddati amortizatsiya
guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalar tasnifi asosida aniqlanadi.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya
hisoblash bir maromli
(to‘g‘ri chiziqli) usul bilan yuritiladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari foydalanish uchun foydalanish
uchun topshirish chog‘ida qiymatning 100 foizi miqdorida ishlab
chiqarish chiqimlari yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya
hisoblash bir maromli
(to‘g‘ri chiziqli) usulda yuritiladi.
Tovarlar turkumi tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining
birligi hisoblanadi.
Tovarlar xarid qilingan narxda hisobga olinadi.
Materiallar va tovarlar hisobdan chiqarish chog‘ida FIFO usulida
baholanadi.
Idishlar xarid narxlarida baholanadi.
Korxona gumonli qarzlar bo‘yicha zaxira barpo
etadi va zaxira
summasini hisobot davri xarajatlariga kiritadi.
Korxona foyda hisobidan zahira, sarmoyani barpo etadi, uning
miqdori ta’sis hujjatlarida foydaning 15 foizi miqdorida belgilangan.
Kelgusi davrlarning daromadlari alohida moddada hisobga olinadi.
Bu daromadlar qaysi hisobot davriga oid bo‘lsa,
shu davr kelganda
xo‘jalik faoliyatining natijalariga kiritiladi.
Korxona olgan qarzlar va kreditlar hisobot davri oxirida
to‘lanadigan foizlarni hisobga olib baholanadi.