R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


II BOB. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə24/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   226
II BOB. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA 
IKKI YOQLAMA YOZUV 

2.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi 

«Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi «bis»- ikki


karra va «lans» tarozi pallasi, ya’ni «tarozi ikkita pallasining tengligi»
degan ma’noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi.
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb
etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schotlarning debeti bo‘yicha
summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir
sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit
oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik
schotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari
jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi
subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar
(elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya
balansiga xosdir.
Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyi-
dagicha ta’riflash mumkin:

Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv


va passiv. Bu atamalar ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi «astivus»-
aktiv, faol va «rassivus» - passiv, faoliyatsiz degan ma’nolarni bildiradi.
Balans aktivida mablag‘lar tarkibi,joylanishi va ishlatilishiga
qarab; passivida esa mablag‘larning tashkil topish manbalari: ularning
kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab guruh-
Xo‘jalik mablaglarining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning 
vujudga 
kelish 
manbalaridagi 
hamda 
maqsadli 
tayinlanishidagi 
o‘zgarishlarni bir‐biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida 
umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya balansi deyiladi. 


38
langan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv


va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham,
passivida ham bir xil xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi,
lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo‘yicha,
passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha
aks ettiriladi.
Aktiv va passivning o‘zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega
bo‘lib, buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish va hisobot
tuzishda foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga
muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha ba-
holanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zaxirada yoki kon-
servatsiyada saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo‘yicha; xom-
ashyolar, asosiy va yordamchi Materiallar, yoqilg‘ilar, sotib olingan
yarim tayyor mahsulotlar va yig‘ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot
qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib
keltirish sarflarini qo‘shgan holda); tayyor mahsulotlar, xo‘jalikning
o‘zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva mollari-
chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot
tashkilotlarida esa - chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati
bo‘yicha aks ettiriladi.
Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi
mablag‘lar, pul mablag‘lari, debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan
mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag‘lar, passivda
esa - ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapitali, taqsimlanmagan
foyda, budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor
qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo‘yicha
majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning
tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning
tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tas-
niflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin