41
savdo korxonalari uchun «Tovarlar», qishloq xo‘jalik korxonalari uchun
«Tugallanmagan ishlab chiqarish», «O‘stirilayotgan va boquvdagi
chorva mollari» kabi moddalar xosdir.
Shunday qilib, bayon qilingan talablarga muvofiq tuzilgan buxgal-
teriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum sanaga bo‘lgan
moliyaviy ahvolini aks ettirishi lozim.
2.2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan
o‘zgarishlar va ularning tavsifi
Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar ta’sirida
korxona mablag‘larining tarkibida va ularning tashkil topish manba-
larida, ayrim hollarda ularning ikkalasida ham o‘zgarishlar yuzaga
keladi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridagi
ro‘y bergan o‘zgarishlar balansda ham tegishli o‘zgarishlarga olib
keladi. Mablag‘lar qiymati o‘zgarmagan
holda doiraviy aylanish
jarayonida ularning buyum shakli o‘zgaradi, mablag‘lar tashkil topish
manbalarining ham shakli o‘zgaradi, xo‘jalik mablag‘lari ko‘payadi yoki
kamayadi. Lekin
balansning asosiy xususiyati- xo‘jalik muomalalarini
schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ta’sirida
balans moddalari summasi
o‘zgarganda aktiv va passiv tengligining o‘zgarmasligi doimo saqlanadi.
Buni misolda tasdiqlashimiz uchun qishloq xo‘jalik korxonasining yil
boshiga tuzilgan balansni keltiramiz (2.2-jadval) va uning xo‘jalik
muomalalari ta’sirida o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz.
2.2-jadval
Boshlang‘ich balans
Aktiv
Summa,
so‘m
Passiv
Summa,
so‘m
Asosiy vositalar
1312600 Ustav kapitali
1448960
Materiallar
24200
Asosiy ishlab chi-
qarish
43850
Xodimlar
bilan mehnat haqi
bo‘yicha hisoblashuvlar
39890
Hisob-kitob schoti
134400
Mol etkazib beruvchilar
26200
Balans 1515050
Balans
1515050
1-muomala. Qiymati 8600 so‘mlik material
ombordan asosiy ish-
lab chiqarishga berildi va sarflandi. Bu muomala natijasida ombordagi
42
Materiallar 8600 so‘mga kamaydi (24200 – 8600 = 15600). Shu vaqt-
ning o‘zida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 8600 so‘mga ko‘payadi
(43850+8600=52450). Bu muomaladan so‘ng balansning jami summasi
o‘zgarmadi, faqat balans aktividagi moddalar orasida o‘zgarish
sodir
bo‘ldi.
Birinchi tip balans o‘zgarishining ya’ni faqat aktivdagi moddalar
orasida sodir bo‘lgan o‘zgarishning matematik modelini tuzamiz.
Dostları ilə paylaş: