R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə29/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   226
Yakuniy balans 

Aktiv 
Summa,
so‘m
Passiv
Summa,
so‘m
Asosiy vositalar
(+500000)
1812600 Ustav kapitali
1448960
Materiallar (-8600)
15600 Rezyerv kapitali (+500000)
500000
Xodimlar bilan mehnat haqi
bo‘yicha hisoblashuvlar
(-14500)
25390
Asosiy ishlab chiqarish
(+8600)
52450
Budjet bilan hisob-kitoblar
(+14500)
14500
Hisob-kitob schoti
(-13900)
120500 Mol etkazib beruvchilar
(-13900)
12300
Balans
2 001150 Balans
2 001150

Demak, xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan


to‘rt tip o‘zgarishlarni yuqorida ko‘rib chiqilgan to‘rtta matematik model
orqali ifodalash mumkin ekan.
Ko‘rib chiqilgan to‘rtta xo‘jalik muomalasi balansda ro‘y beradi-
gan barcha o‘zgarish turlari uchun misol bo‘la oladi. Demak, korxonada
qancha xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, ular to‘rt tipga
bo‘linadi:
I tip. Aktiv moddalaridagi o‘zgarish (aktivda ko‘payish va aktivda
kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi.
II tip. Passiv moddalaridagi o‘zgarish (passivdagi ko‘payish va
passivdagi kamayish) – balans jami o‘zgarmaydi.
III tip. Aktiv va passiv moddalarida ko‘payishga olib keluvchi
o‘zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi).
IV tip. Aktiv va passiv moddalarida kamayishga olib keluvchi
o‘zgarishlar (aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi).
Shunday qilib, har qanday xo‘jalik muomalasi ushbu ko‘rsatilgan
to‘rt tip o‘zgarishlardan birining sodir bo‘lishiga olib keladi.

46
2.3. Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini


o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi 

Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga


asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda
uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga
ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari
ichida birinchi o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning mazmunini bilish
uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega
bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos
bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini
bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuning-
dek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni al-
batta bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda
mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo, tashqi foy-
dalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini
ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan
tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini
ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining yuqoriligi shundan ke-
lib chiqadi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanu-
vchilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyida-
gilardan iborat:
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi bar-
cha bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohi-
yati bilan izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq
muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi.
Bunday xulosa isbot talab qilmaydi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi
subyektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkin emas deb qabul
qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq muddatli va
joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy iqtisodiyotdagi
tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har
xil ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu uslub bo‘yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mab-
lag‘larining mavjudligini ko‘rsatadi. Bu mablag‘lar va zaxiralar hamda
xarajatlarni shakllantiradigan uzoq muddatli qarz manbalarining sum-
masi kapital va rezervlarning jamini bildiradi (passivning birinchi


47
bo‘limi), hamda uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lar (passivning


ikkinchi bo‘limi) uzoq muddatli aktivlarni (aktivning birinchi bo‘limi)
chegirib tashlagan holda.
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy
manbalarning umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar sum-
masi qo‘shilgan holdagi oldingi ko‘rsatkich miqdoriga teng.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi)
asosan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ularning
miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt normal faoliyat ko‘rsatgan
sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi)
summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori bo‘lishi normal
holat deb tan olinadi.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu
uning aktivi va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulk-
larni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi.
Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli quyilmalarni qoplash man-
balari bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil fondlar va rezyerv kapitali
hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi,
uning ma’lum cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va
h.k.), undan foydalanuvchilarga, eng avvalo, mulkdorlarning moliyaviy
barqarorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni taqdim etadi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin