52
«Xom-ashyo va Materiallar»
«Asosiy ishlab chiqarish»
schoti
schoti
Dt
Kt Dt
Kt
Saldo
Saldo
1) 21000
1) 21000
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik
muomalasini schotlarda ikki yoqlama aks ettirganimizda summalar
tengligi o‘zgarmagan. Bu tenglik xo‘jalik
muomalalarini schotlarga
yozishning to‘g‘riligini nazorat qilishni ta’minlaydi. Uni quyidagi teng-
liklar qonuniyatining matematik modellari bilan ifodalash mumkin: bar-
cha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar
(saldolar) summasining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar
bo‘yicha debet va
kredit oborotlarining tengligi; barcha aktiv va passiv
sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar (saldo) summasining tengligi.
Agar sintetik schotning boshlang‘ich debet qoldig‘i (saldo) S'
dt
deb,
sintetik schotning boshlang‘ich kredit qoldig‘ini S'
kt
deb belgilasak, unda
boshlang‘ich qoldiqlar (saldo) tengligi qonuniyatining matematik modeli
quyidagicha bo‘ladi:
ΣS'
dt
=
ΣS'
kt
,
(5)
Ushbu model barcha sintetik schotlarning ma’lum sanaga bo‘lgan
boshlang‘ich debet qoldiqlarining summasi passiv sintetik schotlarning
shu sanaga bo‘lgan boshlang‘ich kredit qoldiqlari (saldo) summasiga
teng deb o‘qiladi.
Barcha sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlari tengligi
qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi:
ΣDO
dt
=
ΣKO
kt
,
(6)
DO
dt
– sintetik schotlarning ma’lum muddat
ichidagi debet oboroti;
KO
kt
– sintetik schotlarning ma’lum davr ichidagi kredit oboroti.
Ushbu model ma’lum davr ichida barcha sintetik schotlar debet
oborotlarining summasi, shu davr ichidagi kredit oborotlari summasi
bilan teng deb o‘qiladi.
53
Endi sintetik schotlarning oxirgi qoldiqlarini (saldo) S'' – deb belgi-
lab, barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiq
(saldo) summalari tengligi qonuniyatining matematik modelini tuzamiz:
ΣS''
dt
=
ΣS''
kt
,
(7)
Ushbu model barcha aktiv sintetik schotlarning ma’lum sanaga
oxirgi debet qoldiqlarining summasi, barcha passiv sintetik schotlarning
shu sanaga bo‘lgan oxirgi kredit qoldiqlari summasiga teng deb o‘qiladi.
Bayon qilinganlarga asoslanib, ikki yoqlama yozuv usulining aha-
miyatini quyidagicha tasvirlaymiz (2.3-rasm):
Dostları ilə paylaş: