R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə40/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   226
2.8. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish 

2.8.1. Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi 

Korxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan


ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish hisob yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib
turish uchun joriy hisob ma’lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib turiladi.
Amalda bunday joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish har
oyda oborot qaydnomalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oborot
qaydnomalari sintetik schotlar bo‘yicha ham, analitik schotlar bo‘yicha
ham tuziladi.
Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun
oborot qaydnomasi quyidagicha tuziladi. Bu oborot qaydnomasi sintetik
schotlardan boshlang‘ich qoldiqlar, jamlangan oylik oborotlar va oxirgi
qoldiqlarni bevosita ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bilan tuziladi (2.7-jad-
val).


71
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasida uchta juft tenglik


mavjudligini ko‘rish mumkin:
birini juftlik – barcha schotlarning boshlang‘ich debet qoldiqlari va
boshlang‘ich kredit qoldiqlar yig‘indisining o‘zaro tengligi.
ikkinchi juftlik – debet oborotlari va kredit oborotlari
yig‘indisining o‘zaro tengligi bo‘lib, xo‘jalik muomalalarini schotlarga
ikki yoqlama aks ettirish usulining qo‘llanilishi bilan tushuntiriladi.
Bunda har bir xo‘jalik muomalasi bir xil summa bilan tegishli schot-
larning debet va kreditga yoziladi.
uchinchi juftlik – barcha schotlarning oxirgi debet qoldiqlari va
kredit qoldiqlari yig‘indisining o‘zaro tengligidir. Bu qoldiqlar oy
oxirida yangi balansda aks ettirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va
manbalarning tarkibini tavsiflaydi.

2.7-jadval 
Sintetik schotlarning 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin