R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


-rasm. Murakkab buxgalteriya yozuvi (provodkosi)



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə35/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   226
2.5-rasm. Murakkab buxgalteriya yozuvi (provodkosi) 

Yuqorida keltirilgan schotlardagi yozuvlardan ko‘rinib turibdiki,


xo‘jalik muomalasini aks ettirishda uchta schot qatnashgan, ya’ni
muomala summasi ikkita schotning debetiga va bir schotning kreditiga
yozilgan. Bunda buxgalteriyadagi ikki yoqlamalik tamoyili, ya’ni bir xil
summani tegishli schotlarning debet va kredit tomonlarida aks ettirish
buzilmagan. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisob ishlarini
qisqartirish maqsadida murakkab yozuvlardan foydalaniladi. Lekin, bir
vaqtning o‘zida bir necha schotlar ham debetlanib, ham kreditlanuvchi
yozuvlar bo‘lishi mumkin emas. Bunday yozuvlarda schotlar orasidagi
o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rib bo‘lmaydi va aks ettirilgan xo‘jalik
muomalasining mohiyati buziladi.
Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va
kreditidagi summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa
(boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning debet oboroti, kreditning jami
summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz) kredit oboroti deyiladi.
1-misol. Balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasida hisobot davri
boshiga 100 000 so‘m ko‘rsatilgan. 0400-«Nomoddiy aktivlar schotini
ochganda ushbu summa boshlang‘ich qoldiq sifatida schotning debet
tomoniga yoziladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik
muomalalari ro‘y bergan:
1.
Minyeral suv ishlab chiqarish uchun litsenziya olindi.

Litsenziya qiymati 80 000 so‘m.


2.
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish
uchun patent boshqa korxonaga sotildi. Patentning balans qiymati
90 000 so‘m.
3.
Belgilangan tartibda 200 000 so‘mga litsenziya ro‘yxatdan
o‘tkazildi va balans kirim qilindi..


56
4.


Boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida «Nou-xau»
kiritildi (qiymati 120 000 so‘m)
Nomoddiy aktivlarning kirim bilan bog‘liq barcha muomalalarni
0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining chap, ya’ni debet
tomoniga, chiqimi esa schotning qarama-qarshi tomoniga, ya’ni
kreditiga yoziladi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 80 000 so‘m va 200 000 so‘mni
0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining debet tomoniga,
90 000 so‘m va 120 000 so‘mni esa kredit tomoniga yozish kyerak.
Yozilgan summalarni hisoblaymiz.
Schot debeti bo‘yicha oborot 280 000 so‘mni (80 000 so‘m Q
20 000 so‘m), krediti bo‘yicha— 210 000 so‘mni (90 000 so‘m Q
120 000 so‘m) tashkil qiladi. Yakuniy qoldiq 170 000 so‘mga (100 000
so‘m Q 280 000 so‘m — 210 000 so‘m.) teng bo‘ladi.
0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining ushbu
muomalalardan keyingi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schoti

Debet


Kredit
Boshlang‘ich qoldiq 100 000
1) Litsenziya olindi …… 80 000
3) Litsenziya ro‘yxatdan
o‘tkazildi va kirim qilindi 200 000
2. Patent sotildi ……......90
4. Boshqa korxona ustavi
ta’sischi sifatida nou-xau
kiritildi………. ... 120
Jami kirim
(debet oborot) 280 000
Jami chiqim qilindi
(kredit oborot) …..............210 000
Yakuniy qoldiq ………. 170 000

Oxirgi qoldiq manfiy bo‘lishi mumkinmi degan savol tug‘iladi?


Ha, mumkin. Bu ko‘p hollarda, agar u yoki bu aktiv hisobot oyining
oxirgi sanalarida mol yetkazib beruvchi tomonidan daqdim etilgan hu-
jjatlarsiz qabul qilingan hollarda bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda
mazkur davrda xarajatlar qilinganda salbiy qoldik chiqdi. Shunga
qaramasdan, aktiv schotning umumiy tuzilishini buzmaslik uchun, hi-
sobot oyining oxiriga bunday qoldiq baribir schotning debet tomoniga,
ammo qizil siyoh bilan yoziladi.
Kelgusi hisobot oyida mol yetkazib buruvchi hujjatlari olinishi bi-
lan bunday nomuvofiqlik tuzatiladi.
Schotlarda qoldiq (saldo) chiqarishni matematik modellar orqali
ifodalash mumkin. Oldingi belgilar va misoldan foydalanib, aktiv


57
schotlarda oxirgi qoldiq (saldo) chiqarishning matematik modelini quyi-


dagicha tuzamiz:

S'
dt
+DO
to
-KO
to
=S''
dt 
,


(9)

Ushbu model aktiv schotning ma’lum sanaga bo‘lgan debet


qoldig‘i boshlang‘ich qoldiqqa shu schotning ma’lum vaqt oralig‘idagi
debet oborotini qo‘shib, shu vaqt ichidagi kredit oborotini ayrilganiga
teng deb o‘qiladi.
Passiv schotlarda oxirgi qoldiq chiqarish uchun kreditdagi bosh-
lang‘ich qoldiqqa kredit oborotini qo‘shib, hosil bo‘lgan summadan de-
bet oboroti ayriladi. Passiv schotlarda manbalarning ko‘payishi kreditda,
kamayishi esa debetda ko‘rsatilishi sababli qoldiq faqat kreditda yoki
nolga teng bo‘lishi mumkin.
2-misol. Balansning «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik»
moddasida hisobot davri boshiga 190 000 so‘m qoldiq ko‘rsatilgan.
Joriy hisobda ushbu modda 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
schotiga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik
muomalalari ro‘y bergan:
1.
Budjetga daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik aks ettirildi
400 000 so‘m.
2.
Hisob-kitob schotidan o‘tkazish yo‘li bilan 120 000 so‘m
qarzdorlik uzildi.
3.
Moliya organlarining yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra bud-
jetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 80 000 so‘mga ko‘paydi.
4.
Budjetga qarzdorlik bankdan 160 000 so‘m ssuda olish yo‘li
bilan uzildi.
Korxonaning budjetga to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha bosh-
lang‘ich qoldig‘i 190 000 so‘m 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
schotining kredit tomoniga yoziladi. Schotnng shu tomonida korxonan-
ing soliq organlari oldidagi majburiyatlarining 480000 so‘mga kupayishi
aks ettiriladi (400000 so‘m + 80000 so‘m). Qarzlarning 280000 so‘mga
(120000 so‘m + 160000 so‘m) kamayishi qarama-qarshi tomonda, ya’ni
debetida ko‘rsatiladi.
Schotning oxirgi qoldig‘i 390000 so‘mni tashkil etadi (190000
so‘m Q 480000 so‘m – 280000so‘m).
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» passiv schotining
ko‘rinishi qo‘ydagicha:

58
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schoti

Debet
Kredit
Boshlang‘ich qoldiq ……….. 190 000
2) qarz uzildi ………..120 000
3) qarz uzildi ……….. 160 000
1) qarz aks ettirilishi …400 000
3) qarz ko‘payishi … 80 000
Jami kamaydi
(debet oborot)………….280 000
Jami hisoblandi
(kredit oborot) …………. 480 000

Budjetga to‘lanmagan qarz


bo‘yicha yakuniy qoldiq .... 390 000

Endi istalgan passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiq chiqarishning


matematik modelini ko‘rib chiqamiz. U quyidagicha bo‘ladi:

S'
kt
+KO
to
-DO
to
=S''
kt


(10)

Ushbu model passiv schotning ma’lum muddatga bo‘lgan oxirgi


qoldig‘i uning boshlang‘ich kredit qoldig‘iga ma’lum davr ichidagi
kredit oborotini qo‘shib, shu davr ichidagi debet oborotining ayrilganiga
teng deb o‘qiladi.
Har qanday aktiv yoki passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiqning
matematik modeli ikki variantda bo‘lishi mumkin. Birinchi variant.
Boshlang‘ich qoldiq (saldo) debet bo‘lib, kredit oboroti boshlang‘ich
qoldiq va debet oboroti summasidan kichik bo‘lganda. Unda matematik
model quyidagicha bo‘ladi:

S'
dt
+DO
to
-KO
to
=S''
dt,
(11)

Agar kredit oboroti boshlang‘ich debet qoldiq va debet oboroti


summasidan katta bo‘lsa, u holda qoldiq kreditda qoladi;

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin