3-muomala. Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona ombo-
riga tashib keltirganligi uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m
hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini aks ettiradi
va olingan Materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu
xarajatlarning ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
schotining debetida ham yozilish mumkin. Ushbu summaga 6010-«Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti
kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan
qarzning ko‘payishi aks ettiriladi.
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000
so‘m
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilargi to‘lanadigan schotlar» schoti… … … 3000 so‘m
4-muomala. Sotib olingan Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha
(60000 so‘m) omborga kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xom-ashyo
va Materiallar» aktiv schotining debetida aks ettiriladi. 1510-«Material-
larni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks ettirilgan fak-
tura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti
– 60000 so‘m.
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va
xarid
qilish»
schoti
–
60000
so‘m
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning
o‘zida «A» va «B» Materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda
ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya’ni «A» Material – 20000
so‘m va «B» Material 40000 so‘m aks ettiriladi.
5-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan olingan Materiallar
bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa
(4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m Q 3-muomala
bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va
xarid qilish» schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit oboroti
(60000 so‘m) ni solishtirish natijasida aniqlanadi. Mazkur schotni yop-
ishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar»
schotining debetiga olib boriladi, ya’ni:
D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi
farqlar»
schoti