R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


«Turon» OAJ boshqaruvi raisi S.Rustamovning



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə221/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
«Turon» OAJ boshqaruvi raisi S.Rustamovning
2011 yil 25 dekabrdagi 25-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN 

HISOB SIYOSATI 
Umumiy qoidalar
Korxonada buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga, standartlarga va boshqa
me’yoriy hujjatlarga hamda yo‘riqnoma Materiallariga muvofiq yuriti-
ladi.
Korxonada buxgalteriya hisobi mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida
buxgalteriya tomonidan bosh buxgalter rahbarligida amalga oshiriladi.
Korxona moliya vazirining 2002 yil 9 sentabrdagi 103-son qarori
bilan tasdiqlangan va Adliya vaziriligi 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son
bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan namunaviy Hisobvaraqlar rejasidan foydala-
nadi.
Buxgalteriya hisobi kompyuter texnikasidan foydalanib yuritiladi.


386
Birlamchi hujjatlarga imzo quyish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar


ro‘yxatini rahbar alohida buyruq bilan tasdiqlaydi.
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi va muddatini korxona rahbari bel-
gilaydi, inventarizatsiya o‘tkazish majburiy bo‘lgan hollar bundan
mustasno.

Buxgalteriya hisobini yuritish uslubiyati 
Asosiy vositalar bo‘yicha foydali ishlatish muddati amortizatsiya
guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalar tasnifi asosida aniqlanadi.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bir maromli
(to‘g‘ri chiziqli) usul bilan yuritiladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari foydalanish uchun foydalanish
uchun topshirish chog‘ida qiymatning 100 foizi miqdorida ishlab
chiqarish chiqimlari yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bir maromli
(to‘g‘ri chiziqli) usulda yuritiladi.
Tovarlar turkumi tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining
birligi hisoblanadi.
Tovarlar xarid qilingan narxda hisobga olinadi.
Materiallar va tovarlar hisobdan chiqarish chog‘ida FIFO usulida
baholanadi.
Idishlar xarid narxlarida baholanadi.
Korxona gumonli qarzlar bo‘yicha zaxira barpo etadi va zaxira
summasini hisobot davri xarajatlariga kiritadi.
Korxona foyda hisobidan zahira, sarmoyani barpo etadi, uning
miqdori ta’sis hujjatlarida foydaning 15 foizi miqdorida belgilangan.
Kelgusi davrlarning daromadlari alohida moddada hisobga olinadi.
Bu daromadlar qaysi hisobot davriga oid bo‘lsa, shu davr kelganda
xo‘jalik faoliyatining natijalariga kiritiladi.
Korxona olgan qarzlar va kreditlar hisobot davri oxirida
to‘lanadigan foizlarni hisobga olib baholanadi.


387


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin