R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Omillarni mohiyati bo‘yicha tasniflanishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Omillarni mohiyati bo‘yicha tasniflanishi 
Asosiy omillar 
Yordamchi omillar 


61 
 
3.2-rasm. Omillarning ta’sir ko‘rsatish vaqti bo‘yicha tasniflanishi 
Doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar shunday omillarki, ular iqtisodiy 
jarayonlar sodir bo‘lib turgan vaqtda ta’sir ko‘rsatib, ma’lum bir ko‘rsatkichni 
o‘zgartirib turadi. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot hajmining 
oshishi foydaning ko‘payishi, xodimlar manfaatdorligining ortishi va iqtisodiy 
samaradorlikning oshishi kabi ko‘rsatkichlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, 
u doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. 
Shu bilan birga, ba’zi omillar ham borki, ular iqtisodiy jarayonlarga va 
ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar hajmiga ta’sir ko‘rsatishi vaqtincha bo‘ladi. 
Jumladan, agrar sohada iqlimning mavsumiy o‘zgarishi fermer xo‘jaligida 
mahsulot yetishtirish hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklaridan 
olingan kreditlar xo‘jalik yurituvchi subyektning oyoqqa turishiga, moliyaviy 
resurslarga bo‘lgan talabining qondirilishiga, ishlab chiqarish hajmining oshishiga 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Omillar ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi 
(3.3-rasm). 
3.3-rasm. Omillarning ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha tasnifi 
Umumiy omillarga barcha sohaning iqtisodiy jarayonlariga ta’sir 
ko‘rsatadigan omillarni kiradi. Jumladan, xodimlar soni, ish vaqti, yalpi tushum, 
daromad, xarajat va boshqa omillarni aytib o‘tish mumkin. Bu omillar xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasidan qat’iy nazar bo‘lishi tabiiy. Shu bois, 
mazkur omillar umumiy tegishli omillar sifatida qaraladi. 
O‘ziga xos omillar ayrim sohalarga tegishli bo‘lgan omillar hisoblanadi. 
Omillar ta’sir ko‘rsatish vaqti bo‘yicha tasniflanishi 
Doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
Vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin