64
chiqishini ifoda etadi. Masalan, mahsulot sotishdan yalpi foyda ko‘rsatkichini
aniqlash uchun mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasidan sotilgan
mahsulotlar tannarxini ayirish lozim. Ya’ni, uni quyidagicha
matematik formula
ko‘rinishida ifodalash mumkin:
YAF = SST – IT, (3.9)
Bu yerda mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (YAF) natija ko‘rsatkichi
bo‘lib, unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ya’ni mahsulot sotishdan olingan sof
tushum (SST) va sotilgan mahsulot tannarxi (IT) ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Ushbu ikki omilni detallashtirish mumkin.
Jumladan, mahsulot sotishdan
olingan sof tushum (SST) bevosita sotilgan mahsulot miqdoriga (M)
mahsulot
birligini sotish bahosini ko‘paytirish bilan aniqlanadi:
SST = M x B, (3.10)
O‘z navbatida sotilgan mahsulot tannarxi (IT) ko‘rsatkichi sotilgan mahsulot
miqdoriga (M) bir birlik sotilgan mahsulot tannarxini (T) ko‘paytirish orqali
aniqlanadi:
IT = M x T, (3.11)
Agarda yuqoridagi 3.9-formulani ikki omilning detallashgan ko‘rinishida
ifoda etadigan bo‘lsak, u quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
YAF = (M x B) – (M x T), (3.12)
Demak, 3.9-formuladagi SST va IT omillari detallashtiriladigan omillar
bo‘lib, undan kelib chiqqan 3.12-formulada
ifoda etilgan M, B va T omillar
detallashtirilmaydigan omillar hisoblanadi.
Omillar korxona faoliyatiga bog‘liqligi jihatidan ham uch guruhga bo‘lingan
holda tasniflanadi (3.7-rasm).
Korxona faoliyatiga bevosita bog‘liq omillarga korxona moliya-xo‘jalik
faoliyati ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillar kiradi. Masalan, korxona rahbariyatining
boshqaruv san’ati,
xodimlarning malaka darajasi, moddiy-texnika bazasi,
mavjud
resurslardan samarali foydalanish darajasi kabi omillar.