129
qismining har bir bo‘limi va moddasi bo‘yicha yil oxiridagi summasini yil
boshidagi summasiga, passiv qismining ham har bir bo‘limi va moddasi bo‘yicha
yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, tarkibi bo‘yicha
mutloq va nisbiy o‘zgarishlar aniqlanadi. Shu bilan birga, uning tarkibiy tuzilishi
ham tahlil qilib o‘rganiladi. Bunda har bir bo‘lim va moddalarning balans jamiga
nisbatan salmog‘i aniqlanadi. Shundan so‘ng, yil oxiridagi salmog‘ini yil boshidagi
salmog‘iga qiyoslanadi va tarkibiy tuzilishining o‘zgarishi o‘rganiladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qoidaga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligini
buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida aktiv moddalarini tahlil qilib
o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: