286
nisbatan 349357,2 ming so‘mga ko‘paygan.
Korxona tomonidan yo‘naltirilgan investisiyalar tarkibiga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak, yil oxirida uzoq muddatli investisiyalar 640120,4 ming so‘mni
va qisqa muddatli investisiyalar 934000,0 ming so‘mni tashkil qilgan.
Yo‘naltirilgan investisiyalar tarkibida qisqa muddatli investisiyalar salmog‘i yil
boshida ham, yil oxirida ham uzoq muddatli investisiyalarga nisbatan yuqori
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
Investisiya manbalari tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda yil boshida
ham, yil oxirida ham o‘z mablag‘lari manbalari asosiy salmoqni tashkil
etayotganini ko‘ramiz. Ya’ni, bu ko‘rsatkich yil boshida 98,7 foizga teng bo‘lsa,
yil oxirida 0,99 foizni tashkil etgan.
Umuman olganda, korxonada yil oxirida yil boshiga nisbatan yo‘naltirilgan
investisiyalarning 349357,2 ming so‘mga ko‘payishi va investisiya
manbalarining
asosini o‘z mablag‘lari manbai tashkil etishini ijobiy holat sifatida baholash
mumkin.
Shundan
so‘ng, korxonaning investision faoliyatga yo‘naltirilgan
mablag‘larining samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularning
dinamik o‘zgarishini omilli tahlil qilish orqali o‘rganiladi (12.12-jadval).
12.12-jadval
Korxona investision faoliyatga yo‘naltirilgan mablag‘larning samaradorligini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar
№
Ko‘rsatkich nomi
Aniqlash
tartibi
Izoh
1
Sotib
olingan aksiyalarning
samaradorlik
koeffitsiyenti
(K
a
)
K
a
= D : A
bunda: D – aksiyalar uchun berilgan
dividend summasi; A – sotib olingan
aksiyalar summasi
2
Yo‘naltirilgan
investisiya-
larning
samaradorlik
koeffitsiyenti (K
i
)
K
i
= F : I
bunda:
F
–
yo‘naltirilgan
investisiyalardan
olingan
foyda
summasi;
I
–
yo‘naltirilgan
investisiyalar summasi.
3
Berilgan
qarz va kreditlarning
foydalilik koeffitsiyenti (K
k
)
K
k
= FT : KQ
bunda: FT – berilgan kredit va qarzlar
uchun olingan foiz to‘lovi summasi; KQ
– berilgan kredit va qarzlar summasi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joiz-ki, korxona tomonidan yo‘naltirilgan
investisiyalaridan kelayotgan daromadlar jalb qilingan kredit va qarzlar bo‘yicha
287
to‘lovlardan past bo‘lsa, bu uning investision faoliyati samaradorligi pastligini
anglatadi. Shu sababli, korxonaning investision faoliyatiga baho berishda samarali
moliyaviy richagni aniqlash talab etiladi. Jami yo‘naltirilgan investisiyalardan
olingan
daromadlar, jalb qilingan kredit hamda qarzlar uchun to‘lovlardan yuqori
bo‘lsa, bu moliyaviy richagning samarali nuqtasi aniqlanganidan dalolat beradi,
shuningdek o‘z mablag‘lar manbaining o‘sishiga erishiladi va aksincha bo‘lishi
mumkin.
Shunday qilib, samarali moliya richagini
aniqlashda uning muhim ikki
jihatga e’tibor qaratish zarur:
birinchidan,
jami investisiya manbaalarining rentabelligi, jalb qilingan kredit
va qarzlar uchun to‘lanadigan foizdan yuqori bo‘lishiga;
ikkinchidan,
jami investisiya manbalari rentabelligining, jalb qilingan kredit
va qarzlar uchun foizlar, shuningdek inflyasiya darajasidan yuqoriligiga e’tiborni
qaratishni talab etadi.
Birinchi holatda, samarali moliya richagi, inflyasiya
darajasini inobatga
olmagan holda o‘z mablag‘lar manbaining o‘zgarishiga qanchalik ta’sir etishi
quyidagicha aniqlanadi (MR
s
):
MR
s
= (1-I
d
) × (M
r
- KQ
C)
× (KQ : O‘MM), (12.12)
bunda:
I
d
-
foydadan
olinadigan
soliq
stavkasi
koeffitsiyenti,
M
r
– investisiyalar rentabelligi (%), KQ
s
- kredit va qarzlar uchun mo‘ljallangan o‘rtacha foiz
stavkalari (%), KQ - hisobot davrida olingan kredit va qarzlarning o‘rtacha qiymati, O‘MM -
hisobot davridagi o‘z mablag‘lar manbaining o‘rtacha qiymati.
Samarali moliya richagining inflyasiya darajasini inobatga olgan holda o‘z
mablag‘lar manbaining o‘zgarishiga ta’siri quyidagicha aniqlanadi (MR
si
):
MR
𝑠𝑖
= (
KQ
O‘MM
) × (1 − I
𝑑
) × (M
𝑟
−
KQ
s
1+
Ii
100
) + (𝐼
𝑖
×
KQ
O‘MM
)
, (12.13)
bunda: I
i
– inflyasiya ko‘rsatkichi.
Samarali moliya richagining inflyasiya darajasini inobatga olgan va inobatga
olmagan holda o‘z mablag‘lari manbaining o‘zgarishiga ta’sirini hisob-kitob qilib
aniqlaganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (12.13-jadval).