R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Rejalashtirish
 
ma’lum maqsadni qo‘yishni o‘z ichiga olgan ishlar 
tartibini shakllantirish va kam xarajat qilgan holda unga erishish 
variantlarini topish jarayonini nazarda tutadi.
Nazorat
rejalashtirilgan ishlarning haqiqatan amalga oshirilishini 
kuzatib borish bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunday vazi-
yatda buxgalterdan haqiqiy xarajatlar va daromadlarni reja ko‘rsatkich-
lari bilan solishtirishni o‘z ichiga olgan axborotlar talab qilinadi.
Baholash
boshqaruv qarorlari qabul qilishning butun tizimini 
o‘rganish jarayonidir. Bozor sharoitida baholashni to‘g‘ri tanlash 
birinchi navbatda uzviy aloqa orqali amalga oshirilib, qo‘yilgan 
maqsadga erishilganlikni obyektiv baholashga imkon beradi. Agar 
mazkur maqsadga erishilmagan bo‘lsa, sabab nimada ekanligini aniqlash 
muhimdir. Bunda asosiy sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

taqdim etilgan hisob axborotlariga asosan xo‘jalik faoliyati 
faktlarini noto‘g‘ri talqin(interpretatsiya) qilish oqibatida rejalashtirishda 
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar; 

tekshiruvchilarning layoqatsizligi, ularga tazyiq o‘tkazilishi, 
tekshiruv jarayonida ogohlantiruvchi tadbirlarning o‘z vaqtida amalga 
oshirilmaganligi va hokazolar oqibatida nazorat tizimida vujudga kelgan 
kamchiliklar; 

maqsadning o‘zi noto‘g‘ri tanlanganligi. 
Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobining roli va ahamiyati 
kuchaymoqda. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va bozor 
munosabatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobining qo‘llanilish 
chegarasini yanada kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari, 
uning natijasi sifatida hisob axborotlaridan foydalanuvchilarning yangi 
turlari paydo bo‘lmoqda. Buxgalteriya hisobini ilmiy nazariya va 
metodologiya hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida 
tashkil etish samarali qarorlarini qabul qilish uchun manfaatdor 
foydalanuvchilarga zarur axborotlarni taqdim etish imkonini yaratadi. 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi – boshqaruvning muhim quyi 
tizimlaridan biri hisoblanadi. Chunki u xo‘jalik yurituvchi subyektning 
4

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin