17
moliya-xo‘jalik faoliyati jarayonida haqiqatda sodir bo‘lgan xo‘jalik
operatsiyalari to‘g‘risida ishonchli axborotlar bilan ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
korxonaning mulklari, majburiyatlari va xo‘jalik
operatsiyalari
to‘g‘risidagi barcha axborotlarga asoslanadi. Shuning uchun ham
buxgalteriya hisobi yoppasiga va uzluksiz yuritilishi lozim bo‘lib, bu
xususiyat operativ va statistik hisobga xos emas.
Buxgalteriya hisobida obyektlar miqdor va pul ifodasida aks
ettiriladi, hisobning boshqa turlarida esa – pul o‘lchovi qo‘llanilmasligi
mumkin.
Buxgalteriya hisobi korxonaning xo‘jalik faoliyatini va qaror qabul
qiluvchi shaxslarni bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Xo‘jalik
faoliyatiga
doir ma’lumotlar buxgalteriya hisobi tizimiga kirish, qaror qabul
qiluvchi shaxslar uchun zarur axborotlar esa undan chiqish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq, mamlakat
hududidagi barcha yuridik shaxslar buxgalteriya hisobini yuritishlari
shart.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan buxgalteriya
hisobining xususiyatlari
uni operativ va statistik hisobdan farq qildiradi (1.3-rasm).
Shu bilan birga, operativ, statistik va
buxgalteriya hisobi boshqa-
ruvda bir xil funksiyalarni – axborot va nazorat funksiyalarini bajaradi.
Hisobning ushbu turlari bir-birlarini o‘zaro to‘ldirib, ko‘p hollarda bir
xil axborotlardan foydalanadi.
1.3-rasm. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari.
Shuning uchun xo‘jalik hisobining uchala turi axborotlaridan yaxlit
tizim sifatida foydalanish korxonalarga xo‘jalik faoliyatini samaraliroq
boshqarish, xaridorlar va buyurtmachilarning
talablarini qondirish va
korxonaning bozordagi ahvolini baholashga imkon yaratadi
Dostları ilə paylaş: