R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Xo‘jalik hisobi turlarining qiyosiy tavsifi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

1.4. Xo‘jalik hisobi turlarining qiyosiy tavsifi 
 
Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, unda 
barcha yozuvlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida 
amalga oshiriladi. Bunda hujjatlar maxsus dalillovchi yuridik kuchga 
ega bo‘lib, mulkning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytiradi va 
korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni ta’minlaydi. 
Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati – uning uzluksizligi va 
xo‘jalik muomalalarini yoppasiga qamrab olishidir. Buxgalteriya hisobi 
barcha xo‘jalik muomalalarini yoppasiga qayd qilishni uzluksiz amalga 
oshira borib, korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini to‘la 
tavsiflaydi. 
Buxgalteriya hisobi natura va mehnat o‘lchovlarini umumlash-
tirgan holda barcha xo‘jalik mablag‘larini va xo‘jalik faoliyati jara-
yonidagi ularning doiraviy aylanishini pul ifodasida aks ettiradi. Bu 
buxgalteriya hisobini operativ va statistik hisobdan farq qildirib, undan 
xo‘jalik faoliyatini so‘m bilan nazorat qilish vositasi sifatida foydalanish 
imkoniyatini beradi va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatini 
tashkil etadi. Demak, buxgalteriya hisobi faqat pul ifodasida yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishda va xodimlarning 
o‘z mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishga har 
tomonlama yordam berishi kerak. Bu esa xo‘jalik muomalalari va 
jarayonlarini pul o‘lchovida yoppasiga va uzluksiz aks ettirish orqali 
amalga oshiriladi, sarflarni va sotishdan olingan daromadlarni pul 
o‘lchovida taqqoslash, foydani aniqlash imkonini beradi. 
Hisob axborotlarini shakllantirishning butun texnologiyasi va 
tashkil etilishi xo‘jalik yurituvchi subyekt mulklarining baholanishi va 
harakatlanishi, uning majburiyatlari va ular bilan bog‘liq xo‘jalik 
muomalalariga qaratilgan. Ularning yig‘indisi buxgalteriya hisobining 
obyektlarini tashkil etadi.


15 
Xo‘jalik hisobining alohida turlari ichida buxgalteriya hisobi 
markaziy o‘rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ustuvorligi, ularning foyda-
liligi mazkur axborotlarning 
ahamiyatliligi 
va 
ishonchliligi
bilan 
belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ahamiyatliligi boshqaruv 
qarorlarini qo‘llashning natijasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatida namo-
yon bo‘ladi. Chunki ular: 

vaziyatlarni oldindan aytish va shu asosda eng yaxshi maqbul 
variantlarni tanlash; 

mazkur axborot manbasi bilan uzviy aloqada bo‘lish; 

axborotlarni o‘z vaqtida olishga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi axborotlarining ishonchliligi quyidagilarga 
asoslanadi: 

uning xo‘jalik jarayoniga mos darajadagi haqqoniyligi va 
to‘liqligi; 

sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari faktini tasdiqlash imkonini 
beradigan shaffofligi; 

agar hisob axborotlarini olish, uning ayrim foydalanuvchilar 
manfaatini ko‘zlagan holda ataylab chalkashtirish natijasi bo‘lmasa, 
betarafligi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklari uning 
o‘ziga xos jihatlarida mujassamlashgan. Bular:

xo‘jalik yurituvchi subyektning mablag‘lari va mablag‘lar 
manbalarini hamda xo‘jalik jarayonlarini yoppasiga kuzatish va 
o‘lchash; 

xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olishning uzluksizligi va 
ularning hujjatlashtirilishi; 

yuqorida keltirilgan afzalliklar amalga oshmagan vaziyatlarda 
maxsus usullarni qo‘llash (masalan, inventarizatsiya); 

joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini bir hisobot davridan 
ikkinchisigacha tegishli hisobot shakllari ko‘rinishida to‘ldirish yo‘li 
bilan umumlashtirish. 
Buxgalteriya hisobining bunday o‘ziga xos xususiyatlari uzoq 
o‘tmishda aniqlangan bo‘lib, masalan, 1590-yilda ispan olimi Bartala-
meo de Salazano tomonidan quyidagicha ta’kidlangan: 
«Buxgalteriya 
hisobi barcha fan va san’atlardan yuqori turadi, chunki hamma unga 
ehtiyoj sezadi, u esa hech kimga nisbatan ehtiyoj sezmaydi. Buxgalteriya 
hisobisiz dunyo boshqaruvsiz qolgan va odamlar esa bir-birlarini 


16 
tushuna olmagan bo‘lar edilar»
4
. Buxgalteriya hisobining yuqorida 
bayon qilingan afzalliklarini amalda qo‘llash xo‘jalik yurituvchi subyekt 
moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli axborotlarni to‘plash va 
taqdim etishga imkon beradi. Bunda hisob axborotlari boshqaruvning 
uchta funksiyasini: rejalashtirish, nazorat va baholashni amalga 
oshirishni ta’minlaydi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin