431
Bosh buxgalterning lavozim yo‘riqnomasi(namuna)
1.
Bosh buxgalter korxona
mutaxassislari toifasiga kirib, rahbar tomonidan
ishga qabul qilinadi va bo‘shatiladi, direksiya tarkibiga kiradi.
2.
Bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy ma’lumotli (iqtisodiy, moliya-
iqtisod) va rahbar lavozimlarda moliya-iqtisod bo‘yicha kamida 5 yil stajga
ega (professional buxgalter malaka attestatiga ega bo‘lgan)
shaxs
tayinlanadi.
Istisno holatlarida bosh buxgalter majburiyatlarini bajarish uchun maxsus
oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin mutaxassislik bo‘yicha ish staji va
yetarli darajadagi amaliy ish tajribasi bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin.
3.
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.
4.
Bosh buxgalter o‘z ishida O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari (BHMS) va
belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi va
ulardagi buxgalteriya hisobini yuritishning umummetodologik
tamoyillariga
rioya qilinishi uchun mas’ul hisoblanadi.
5.
Bosh buxgalterni tayinlash va bo‘shatish vaqtida ishlarni qabul qilish va
topshirish buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilganidan so‘ng
ta’sischilar tayinlagan taftish komissiyasi yoki mustaqil auditorlik firmasi
tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bosh buxgalter ishda bo‘lmagan (ta’til, kasallik) vaqtlarida huquq va
majburiyatlar o‘rinbosarga o‘tkaziladi, o‘rinbosar bo‘lmagan hollarda boshqa
shaxsga yuklanib, bu haqda korxona rahbarining buyrug‘i chiqariladi.
Majburiyatlari
Korxona bosh buxgalteri quyidagilarni ta’minlashi lozim:
1.
buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari (BHMS) va
belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq
yuritadi;
2.
korxona maqsadi va vazifalariga mos keladigan buxgalteriya hisobi
axborotlarini ta’minlaydigan hisob siyosatini shakllantirish;
3.
kirim qilinadigan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalar
va ishlab chiqarish xarajatlarini to‘liq hisobga olish hamda moliya-xo‘jalik
faoliyati natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
4.
soliqlar va to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazish, ssudalar bo‘yicha
qarzlarni so‘ndirish;
5.
mulklar va majburiyatlar harakatini nazorat qilish;
432
6.
korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida hisobotlarni tuzish va tezkor
axborotlarni taqdim etish;
7.
korxonaning boshqa ma’muriy bo‘linmalari bilan birgalikda ichki xo‘jalik
rezervlarini aniqlash va safarbar etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini
tahlil qilish;
8.
rezervlarning haqiqatda ishlatilishini baholash.
Bosh buxgalter o‘zining buxgalteriya hisobi
sohasidagi bilimlarini
doimiy ravishda yangilab borishi lozim.
Huquqlari
1.
Bosh buxgalterga tovar-moddiy boyliklarni va pul mablag‘larini qabul
qilish va berish hamda hisob-kitob, kredit va
majburiyatlari uchun asos
bo‘ladigan hujjatlarni imzolash (korxona rahbari bilan birga) huquqi beriladi.
Ushbu hujjatlar bosh buxgalter imzosi bo‘lmasa, haqiqiy hisoblanmaydi va
ijro uchun qabul qilinmaydi.
2.
Moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, ombor mudirlari va b.) ishga
qabul qilish, bo‘shatish va lavozimini o‘zgartirish
bosh buxgalter bilan
kelishilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: