5
bunday
atamalar etimologiyasi, ta`rifi, tavfsifi va tasviri keltirilgan,
keyinchalik aynan o‘zi (o‘zgartirilmasdan) qo‘llanilgan. Shuningdek, bu
fanda qo‘llaniladigan atamalar mohiyati umuman fanning o‘zini chuqur
egallash uchun «Buxgalterning izohli lug‘ati» (A.Sotivoldiyev,
D.Sotivoldiyeva, D.Shodibekova) va boshqa maxsus lug‘atlardan
foydalanishni tavsiya etamiz.
Agar kitobni shu joyigacha sabr bilan o‘qigan bo‘lsangiz,
demak
buxgalterlik ilmini va kasbini egallashga bel bog‘labsiz. Ilm olishdek
sermashaqqat va xayrli ishda Sizga mustahkam iroda, iymon-e’tiqod va
omad yor bo‘lsin.
«Kimki ilm olgan bo‘lsa, payg‘ambar (as) dan to‘liq
meros olibdi».
3
Endi, yuqorida aytganimizdek, bu fanni ham nazariy, ham uslubiy,
ham amaliy yaxlit tizim sifatida o‘zlashtirishingiz
uchun quyidagi
qoidalarga rioya qilishni
tavsiya etamiz:
-
birorta ham mashg`ulotni qoldirmasdan, ma`ruzalarni to`liq
konspekt qiling va keyin to`ldirib, mavzu (bob)ning mazmun-mohiyatini
to`liq
tushunib oling;
-
bilimingizni amaliy mashg`ulotda mustahkamlang,
mustaqil
ishlar bilan yanada rivojlantiring;
-
bitta mavzuni puxta o`zlashtirmasdan keyingisiga o`tib
ketmang, mantiqiy bog`liqlik buzilmasin;
-
har bir modul yakunida mavzular o`rtasidagi mantiqiy
bog`liqlikni, fan yakunida esa buxgalteriya
hisobining yaxlit tizim
ekanligini tushunib oling.
Oliy ta`limning 230000 «Iqtisod» sohasi Davlat Ta’lim Standarti
(DTS) 5233100 - «Agrosanoatda buxgalteriya hisobi» yo‘nalishining
Malaka talablariga javob berishingiz hamda o`quv
relasidagi keyingi
mutaxassislik fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishingiz ustun darajada
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi»ni chuqur bilishingizga bog‘liq.
Darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlari va ko‘rsatgan amaliy
yordamlari uchun hamkasblarimiz hamda
barcha xayrixoh kishilarga,
xususan, kitob qo‘lyozmasini o‘qib, kamchiliklarini tuzatish hamda
mazmun va shaklini boyitishda bergan maslahatlari
uchun taqrizchilar
i.f.d., professor A.K.Ibragimov, i.f.d., professor B.A.Hasanovlarga chu-
qur minnatdorchilik izhor etamiz.
Dostları ilə paylaş: