9
Xo‘jalik hisobi keng ma’noda boshqaruv funksiyasi bo‘lib, kishilik
jamiyatining dastlabki bosqichlaridayoq
ijtimoiy foydali mehnatning
mustaqil turi sifatida ajralib chiqqan.
Xo‘jalik hisobi hamma vaqt, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzum-
da ham, o‘zining mohiyatiga ko‘ra boshqaruv
apparatini axborot bilan
ta’minlashga mo‘ljallangan.
Shunday qilib, xo‘jalik hisobi – xo‘jalik faktlarini, hodisalarini va
jarayonlarini
boshqarish, nazorat va tahlil
qilish maqsadida ularni
kuzatish, o‘lchash, ro‘yxatga olish va umumlashtirish tizimidir. Xo‘jalik
hisobi negizida uchala hisob turining (
operativ, statistik va buxgalterlik
)
o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydigan boshqaruv
obyektining faoliyat
ko‘rsatish modeli tuziladi. Ular bir-birlarini o‘zaro to‘ldiradilar va ko‘p
hollarda bir xil axborotlardan foydalanadilar (hisobning
turlari va
ularning qiyosiy tavsifi 1.3 va 1.4 paragraflarda batafsil bayon qilingan).
1.2. Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchovlar
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar, agar
barcha hisobga olingan resurslar va xo‘jalik jarayonlari hisob o‘lchov-
larida ifodalansa, axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojini qondiradi.
Hisob o‘lchovlari
– xo‘jalik resurslari va jarayonlarini o‘lchash va
hisoblash asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning
har xil ehtiyojlari
uchun ko‘rsatkichlarni shakllantiradigan o‘lchov birliklari.
Xo‘jalik mablag‘larini va jarayonlarini
hisobda miqdoriy aks
ettirish uchun
natura
,
mehnat
va
pul o‘lchov
laridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: