10
batafsil ko‘rsatish uchun shartli natural o‘lchovlar qo‘llaniladi.
Bunda
asosiy obyektlar kiritiladigan hisob obyektlarining natural tarkibi texnik
talablar, davlat standartlari yoki boshqa shartlar bilan oldindan
belgilanadi. Shartli natural ko‘rsatkichlarga ta’mirlash dastgohlarining
komplekti, ma’lum turdagi 100ta
juft poyabzal, 100ta shartli banka
konserva va shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi. Natural o‘lchovlarning
boshqa turlari – shartli (keltirilgan) birliklar, ekspluatatsiya birliklari, ish
birliklari kabilar ham mavjud.
Soliq hisob-kitoblarida soliq birligi tushunchasi, ya’ni
soliqqa
tortish obyektining sifat o‘lchovi birligi qo‘llaniladi. Masalan, yer
solig‘ini hisoblashda maxsus natural o‘lchovlar – gektar, aksiz solig‘ini
hisoblashda – litr, barrel kabilar qo‘llaniladi.
Natural va shartli natural o‘lchovlardagi mablag‘larning har xil
turlari ularning o‘ziga xos o‘lchovi bo‘yicha alohida hisobga olinadi.
Bunday o‘lchovlar xo‘jalik mablag‘larining saqlanishini hamda
xo‘jalik faoliyatiga tezkor rahbarlik qilishni ta’minlaydi.
Natural
o‘lchovlar bir xildagi xo‘jalik mablag‘larini hisobga olishda qo‘llaniladi.
Turli xil natural ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Shuning uchun
ham har xildagi xo‘jalik mablag‘larini tavsiflovchi umumlashgan
ma’lumotlarni olishda bunday ko‘rsatkichlardan foydalanib bo‘lmaydi.
Sarflangan ish vaqtini hisobga olish uchun
Dostları ilə paylaş: