R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Muallif 3 Ал-Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Muallif
3
Ал-Бухорий, Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил.
Саҳиҳи Бухорий: Ал-жомиъ ас-саҳиҳ: 2 китоб. –Т.: 
«Ўзбекистон Миллий энциклопедияси», 2008, -Б.22. 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz: 
- xo`jalik hisobining mohiyati, funksiyalari va turkumlanishi 
to`grisida bilimlarga

 
- xo`jalik hisobining mohiyatini turlarini tavsiflash va 
farqlash 
ko`nikmalariga ega bo`lasiz.
 
XO`JALIK HISOBINING 
MOHIYATI VA BOSHQARUV 
TIZIMIDAGI AHAMIYATI
Buxgalteriya hisobi bo`lmasa dunyo boshqaruvsiz qolgan va 
odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan
 
bo`lar edilar.
 
Bartalameo de Salazano
 
1

Bob



1-bob. XO‘JALIK HISOBINING MOHIYATI VA BOSHQARUV 
TIZIMIDAGI AHAMIYATI
 
 
«Buxgalteriya hisobi bo‘lmasa dunyo boshqaruvsiz qolgan 
 va odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan bo‘lar edilar» 
Bartalameo de Salazano
 
1.1.Xo‘jalik hisobining mohiyati va funksiyalari 
 
Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlan-
tirish, innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga 
ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy e’tiborni moddiy, 
mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga, 
unumsiz sarflarni va nobudgarchiliklarni bartaraf qilishga qaratmoq 
kerak. Bunday ulkan ishlarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining 
roli beqiyosdir. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari mazmunan xo‘jalik yu-
rituvchi subyektlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar yig‘indisidan iboratdir. 
Shuning uchun iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlaridagi ishlab chiqarish, 
sotish, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini tavsiflovchi miqdor 
ko‘rsatkichlarining yig‘indisi takror ishlab chiqarish jarayonlari va 
ijtimoiy turmushdagi boshqa jarayonlarni butunligicha tavsiflay oladi. 
Xo‘jalik jarayonlarini va ularning natijalarini nazorat qilish 
kuzatish, o‘lchash va ro‘yxatga olish
orqali amalga oshiriladi. Kuzatish 
orqali korxona va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil 
etuvchi ko‘p sonli va turli xil faktlarga ega bo‘linadi. Bu faktlarni esa 
ma’lum o‘lchov birliklarida ifodalash hamda tegishli ravishda guruh-
larga ajratib ro‘yxatga olib borish zarur. Shu tariqa xo‘jalik faoliyatiga 
baho berish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘linadi. 
Shunday qilib, hisob yuritish xo‘jalik faoliyatini boshqarish, keng 
ma’noda esa butun ijtimoiy ishlab chiqarishni, ya’ni jamiyatni bosh-
qarish uchun zarur ekan. Boshqacha qilib aytganda, hisobot yuritish deb 
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni 
boshqarishni ta’minlash maqsadida, bu jarayonlarni miqdor jihatdan aks 
ettirib, sifat jihatdan tavsiflashga aytiladi. Demak, hisob yuritish bosh-
qarishning ajralmas qismi ekan. 
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida hisob butun jamoaga 
ishlab chiqarish va iste’mol uchun qanday mehnat qurollari va mehnat 



buyumlari zarurligini bilish maqsadida kerak bo‘lgan bo‘lsa, jamiyat 
sinflarga bo‘lingandan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda esa 
hukmron sinfning manfaatini himoya qilib kelgan. Boshqacha qilib ayt-
ganda, sinflar mavjud jamiyatda hisob yuritish o‘zgarib, takomillashib 
va uning roli oshib borgan. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yi-
cha hukumat qabul qilgan qarorlarni hayotga tatbiq qilishda, korxo-
nalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitida hisob 
va statistikaning roli yana ham oshib bormoqda. Bunday ulkan vazifa-
larni amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga ishlov berishni 
kompyuterlashtirish, hisobning ilg‘or shakl va uslublarini qo‘llash, hisob 
ishlariga sarflanadigan mablag‘lar va mehnat sarflarini kamaytirishga 
erishish zarur. 
Har bir xo‘jalik fakti hisobda korxona faoliyatining ham miqdor
ham sifat jihatlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlarga aylanadi. Bular 
ayrim mahsulot turlarining haqiqiy tannarxi, korxona faoliyatining 
moliyaviy natijalari va boshqalar. 
Xo‘jalik hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishda foydala-
niladigan axborot tizimidan iborat bo‘lib, unda korxona faoliyatida sodir 
bo‘ladigan barcha jarayonlar va hisob obyektlarining holati to‘g‘risidagi 
miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi axborotlar ma’lum qoidalar va 
standartlar bo‘yicha ularni boshqarish uchun ilmiy asoslangan qoida-
larga muvofiq qayd qilinadi, o‘lchanadi, ishlov beriladi, to‘planadi va 
guruhlanadi. Xo‘jalik hisobi keng qamrovli va to‘laqonli bo‘lishi hamda 
korxona iqtisodiyotini boshqarish vazifalari to‘liq va o‘z vaqtida amalga 
oshirishga yo‘naltirilgan, ya’ni boshqaruv tizimi uchun foydali bo‘lishi 
lozim. 
Xo‘jalik hisobining mohiyatini uning funksiyalari orqali mufassal 
ochib berish mumkin (1.1-rasm). 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin