debet oboroti , kreditning jami
summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz)
kredit oboroti deyiladi.
Aktiv schotlarda oxirgi qoldiq chiqarish uchun debetdagi
boshlang‘ich qoldiqqa debet oborotini qo‘shib, hosil bo‘lgan summadan
kredit oboroti ayirib tashlanadi. Aktiv schotlarning debetida
mablag‘larning ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettirilganligi
sababli qoldiq faqat debet tomonida qolishi yoki nolga teng bo‘lishi
mumkin.
1-misol. Hisobot davri boshiga 0410-«Patentlar, litsenziyalar va
nou-xau» schotining debet tomonida 100 000 so‘m ko‘rsatilgan. Hisobot
davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan:
1.
Mineral suv ishlab chiqarish uchun litsenziya olindi. litsenziya
qiymati 80 000 so‘m.
2.
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun
patent boshqa korxonaga sotildi. Patentning balans qiymati 90 000 so‘m.
3.
Belgilangan tartibda 200 000 so‘mga litsenziya ro‘yxatdan
o‘tkazildi va kirim qilindi.
4.
Boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida «Nou-xau»
kiritildi (qiymati 120 000 so‘m).
Nomoddiy aktivlarning kirimi bilan bog‘liq barcha muomalalar
0410- «Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining chap, ya’ni debet
tomoniga, chiqimi esa schotning qarama-qarshi tomoniga, ya’ni
kreditiga yoziladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 80 000 so‘m va 200 000 so‘mni
0410- «Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining debet tomoniga,
90 000 so‘m va 120 000 so‘mni esa kredit tomoniga yozish kerak.
Yozilgan summalarni hisoblaymiz.
Schot debeti bo‘yicha oborot 280 000 so‘mni (80 000 so‘m +
200 000 so‘m), krediti bo‘yicha— 210 000 so‘mni (90 000 so‘m +
120 000 so‘m) tashkil qiladi. Yakuniy qoldiq 170 000 so‘mga (100 000
so‘m + 280 000 so‘m — 210 000 so‘m.) teng bo‘ladi.
0410- «Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining ushbu
muomalalardan keyingi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: