24
jarayonlarning mohiyati va dinamikasi moddiy dunyoda amal qilayotgan
umumiy qonunlarga bo‘ysunadi. Ammo, bu qonunlarning iqtisodiyot
sohasida namoyon bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining rivojlanishi, uning negizini
tashkil etuvchi nazariy konsepsiyalar va qoidalarning rivoji o‘zaro
bog‘liqlikda va ta’sir ko‘rsatishda kechadi. Buning ustiga ushbu
bog‘liqlik boshqa fanlar va ilmiy yo‘nalishlar bilan xilma-xil shakllarda
namoyon bo‘ladi. Bunday bog‘liqlikni va boshqa fanlarning tegishli
qonunlari hamda
kategoriyalarini bilmasdan, buxgalteriya hisobining
mohiyatini tushunish mumkin emas. Buxgalteriya hisobining boshqa
fanlar bilan aloqadorligi 2.2-rasmda keltirilgan. Buxgalteriya hisobi
umuman olganda falsafaga tayanadi, chunki u Aristotel ta’biri
bilan
aytganda,
«barcha fanlarning malikasi»
hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va
inson ongi taraqqiyotining umumiy qonunlarini o‘rganish buxgalterga
ham, ijtimoiy fan mutaxassislari, xususan, faylasuflarga zarur bo‘lgan
darajada kerak.
Mazkur fan kishilarda hayotning asosiy qadriyatlari to‘g‘risida yagona,
umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan tasavvurlarni shakllantiradi. Natijada,
falsafa buxgalteriya hisobini o‘rganishda «kommunikatsiya to‘siqlari»ni
bartaraf etishga yordam beradigan, asosiy
omillardan biri sifatida
maydonga chiqadi. Bunday to‘siqlar tor ixtisoslashish natijasida yuzaga
chiqib, uning: insonparvarlik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va
axborot-aks ettiruvchi kabi funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Ulardan har
biri u yoki bu darajada buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotining
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, vaholanki, umuminsoniy qadriyatlarning
mohiyatini va unda insonning tutgan o‘rnini ochib beradi. Ushbu
fanlarning eng tig‘iz o‘zaro ta’siri falsafaning
axborot-aks ettirish
funksiyasida namoyon bo‘ladi. Uning mohiyati tor ixtisoslashgan fanlar,
jumladan buxgalteriya hisobining asosiy tayinlanishini kengroq ochib
beradi: o‘zining o‘rganadigan obyektini aynan aks ettirish, uning muhim
elementlarini, tarkibiy aloqalarini bizni o‘rab turgan moddiy olam
ikkiyoqlamaligining natijasi sifatida aniqlash; qonuniyatlarni asoslash,
bilimlarni to‘plash
va chuqurlashtirish, ishonchli axborot manbasi
sifatida xizmat qilish. So‘nggi vaziyat buxgalteriya hisobiga yuqori
darajada xosdir.
Buxgalteriya hisobi falsafadan keng foydalanadi. Jumladan,
buxgalteriya hisobining
ontologik
jihati – bu falsafaning bir qismi bo‘lib,
mazkur fan mazmunini o‘ziga xos usullar bilan o‘rganadigan, xo‘jalik
jarayonlarini bilish to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Shuningdek, buxgalteriya
25
hisobida falsafaning gnoseologik jihatlari ham qo‘llanilib, axborot-
larning haqiqiyligi(ishonchliligi)ni aniqlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobida hisobga olinayotgan obyektlarning iqtisodiy
mohiyatini umumiqtisodiy fanlar o‘rganadi. Ularning ichida iqtisodiyot
nazariyasi buxgalteriya hisobi uchun tayanch fan hisoblanadi. Mazkur
fan xo‘jalik jarayonlarining iqtisodiy mohiyatini bilishda muhim o‘rin
tutadi va unga asosan buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyekt-
ning mablag‘lari va manbalarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonidagi mavjudligi hamda harakatini o‘rganadi.
Iqtisodiyot naza-
riyasi iqtisodiy kategoriyalar va qonunlarning mohiyatini o‘rganadi.
Jumladan, mehnat predmetlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
foyda, rentabellik va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasi butun iqtisodiy tizimni,
negizini mulkiy
munosabatlar tashkil etuvchi, uning muhim harakatlanish qonunlarini
o‘rganadi.