32
chisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va
istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy,
mehnat va moli-
yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriq-
larini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini
bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni
tashkil etish zarur.
Ishlab chiqarilgan
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat-
larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish
buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bunday ulkan vazifalar
korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan
samarali
foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqa-
rish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan ushbu
vazifalar uning nafaqat xo‘jalik mablag‘lari (aktivlari) va mablag‘lar
manbalari (passivlar) hamda xo‘jalik jarayonlarini (ta’minot,
ishlab
chiqarish, realizatsiya) ro‘yxatga oluvchi va axborotlarni saqlovchi tizim
ekanligidan dalolat beradi. Uning asosiy maqsadi – korxona iqti-
sodiyotini boshqaradigan tizimni ishonchli, turli pog‘onalardagi
boshqaruvchilarni tushunarli hisob-iqtisod axborotlari bilan ta’min-
lashdan iborat.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini qaror
toptirish va rivojlantirish butun buxgalteriya
hisobi tizimini takomil-
lashtirish, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy
standartlarini joriy qilishi bilan chambarchas bog‘liq.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni
bajaradi (2.3-rasm).
Tarbiyaviy
funksiyasi
Axborot
funksiyasi
Uzviy aloqa
funksiyasi
Nazorat
funksiyasi
Tahlil
funksiyasi
Mulkning saqlanishini
ta’minlash
Buxgalteriya hisobining
funksiyalari