35
realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan
nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob mar-
kazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xizmat-
lari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq
inspeksiyasi xodimlari
yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurs-
lardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim.
Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksi-
yasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki, korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxona-
sining moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalarning hamda
hamkorlarining moliyaviy ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida
nazoratning uchta turi yuritiladi:
dastlabki nazorat
– xo‘jalik muomalasi
sodir bo‘lgungacha;
joriy nazorat
– xo‘jalik muomalasini amalga
oshirish;
keying nazorat
– muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
Nazorat qilish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
ishlab chiqarilgan, jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hajmi
bo‘yicha reja va shartnomalarning bajarilishi;
korxona mulklarining saqlanishini ta’minlash;
moddiy
xomashyo, yoqilg‘i-energetika, mehnat va moliyaviy
resurslardan oqilona va samarali foydalanish;
asosiy vositalar, amortizatsiya fondi va boshqa fondlardan
foydalanish;
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni
shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar) tannarxini hisoblash;
realizatsiya qilingan mahsulot(ish va xizmat)larning to‘la
tannarxini shakllantirish;
turli xarajat smetalarining bajarilishi (masalan, vakillik
xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);
korxonaning turli ichki xo‘jalik bo‘linmalari faoliyati:
ishlab
chiqarish sexlari, uchastkalari va sh.o‘.;
moliya bozorida ishtirok etish bilan bog‘liq muomalalar
bo‘yicha (aksiyalar, obligatsiyalar va sh.o‘.);
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllantirish va
soliqqa tortiladigan bazani hamda taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan
zarar)ni aniqlash;
36
mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq
xarajatlarni kamaytirish;
shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni
yaratish hamda ularning ishlatilishi;
korxonaning moliyaviy ahvoli hamda raqobatchi korxonalar
to‘g‘risida ma’lumot to‘plash;
moliyaviy hisobot va boshqa turdagi hisobotlarni tuzish.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga
olishdan tortib, to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkich-
larini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va
boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining
boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir
vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Korxona mablag‘larining
butun doiraviy aylanishi, ularning
vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobida
aks ettiriladi. Sifatli hisob axborotlari ishlab chiqarishning barcha
bosqichlarida nazorat o‘rnatish, zarur bo‘lganda korxona va uning
bo‘linmalari faoliyatining butun tafsilotini nazorat qilish, uni tahlil qilish
va ushbu axborotlar asosida boshqaruvning barcha pog‘onalarida tegish-
li boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilishga imkoniyat
yaratadi.
Bosh buxgalter, moliya hisob
markazi xodimlari tegishli
bo‘linmalar (yordamchi ishlab chiqarish jamoalari va boshqalar)ning
rahbarlari hamda xodimlari bilan birgalikda quyidagi sohalarni nazorat
qiladi:
–
tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish va chiqarish bo‘yicha
belgilangan qoidalarga rioya qilinishi;
–
bozor munosabatlari amal qilayotgan sharoitda qo‘llanilayotgan
baholarning to‘g‘riligi va asoslanganligi;
–
barcha asoslar bo‘yicha ish haqi hisoblash, hisoblangan ish
haqidan ushlanadigan summalar (daromad solig‘i, kasaba uyushmasiga
a’zolik badali, pensiya fondiga ajratmalar va boshqalar) ning to‘g‘riligi;
–
tarif setkalari, lavozim maoshlarini qo‘llashning to‘g‘riligi,
shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya qilish;
–
pul mablag‘lari,
tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, hisob-kitoblar va majburiyatlarni inventarizatsiya
qilish qoidalariga rioya qilinishi;
–
belgilangan muddatlarda debitor qarzlarning undirish va kre-
ditor qarzlarning qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya qilinishi;
37
–
har xil kamomadlar, yo‘qotishlar,
debitor qarzlar va boshqa
summalarni hisobdan o‘chirishning qonuniyligi;
–
soliqqa tortiladigan bazani hisob-kitob qilishning to‘g‘riligi;
–
sof foydani aniqlash, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni
hisob-kitob qilish va o‘z vaqtida to‘lashning to‘g‘riligi;
–
taqsimlanmagan foyda, foydaning jamg‘arilishi hamda ishla-
tilishning to‘g‘riligi.
Dostları ilə paylaş: