3. Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya
buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat
funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni alohida
ta’kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi
shart-sharoitlar zarur: jihozlangan omborxona binolari, nazorat va
o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi va bozor munosabat-
larining erkinlashtirilishi, mulkdorlar sonining ko‘payishi, tashqi iqtiso-
diy faoliyatning rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu
funksiyasi yanada rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining xalqaro va
milliy standartlari negizida, ilmiy asoslangan holda tashkil etilgan hisob
tizimi nafaqat kamomad va o‘g‘riliklarni aniqlash, uyushgan jinoyatlarni
ochib tashlash, balki ularning oldini olishga ham imkon yaratadi.
4. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobining uzviy aloqa
funksiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, busiz boshqaruv tizimining
faoliyati ma’nosini yo‘qotadi. Keng ko‘lamda kompyuterlashtirilgan
sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv
xodimlarini korxona va undagi bo‘linmalarning ma’lum davr ichidagi
faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish
manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib
beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi,
investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar
to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va
jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta’sischilar
va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan
ta’minlaydi.
Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya
axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes reja
ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi,
barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat
o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish
38
imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi
aniqlanadi (2.4-rasm).