40
taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, rejaning bajarilishini
nazorat va tahlil
qilish, uni oshirib bajarish imkoniyatlarini izlab topish mumkin emas.
To‘liqlik
boshqaruv ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hajmdagi
hisob axborotlarini pul o‘lchovida shakllantirishni taqozo etadi.
Hisob axborotlarining to‘liqligi aktivlar
va majburiyatlarning
inventarizatsiya ma’lumotlari bilan tasdiqlangan,
hisobot davridagi
barcha xo‘jalik muomalalarining hisobda aks ettirilishi bilan ta’min-
lanadi. Keraksiz axborotlar axborot olish jarayonini murakkablashtiradi,
buxgalteriya hisobini yuritish jarayonini chalkashtiradi. Hisobot ko‘rsat-
kichlarining shaffofligini pasaytiradi va natijada boshqaruv hamda
nazorat samaradorligini pasaytiradi.
O‘z vaqtidalik
axborotlarni boshqaruv
apparati va tashqi
foydalanuvchilarga
«bir zumda»
yetkazishni nazarda tutadi. Olinadigan
axborotlarning sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalaridan vaqt bo‘yicha
orqada qolishi boshqaruv jarayoniga o‘z vaqtida ta’sir ko‘rsatishga
to‘sqinlik qiladi va bunday axborotlar amalda keraksiz bo‘lib qoladi.
Ayni vaqtda axborotlarning o‘z vaqtidaligi
ularning foydaliligini
kafolatlamaydi. Shu munosabat bilan mazkur talab e’lon qilinadigan
moliyaviy hisobotning ajralmas xususiyati bo‘lishi lozim.
Faqat
shundagina foydalanuvchilar uchun bunday axborotlar naf keltiradi.
Aniqlik
buxgalteriya hisobiga azaldan xos bo‘lib, uning ajralib
turuvchi xususiyati – xo‘jalik muomalalarining mas’ul
shaxslar
tomonidan hujjatlashtirilishi va uzluksiz ro‘yxatga olib borilishidan
kelib chiqqan.
Buxgalteriya
axborotlarining
Dostları ilə paylaş: