41
Ikkinchi holatda zarur axborotlarning yetishmasligi oqibatida
axborotdan foydalanuvchi o‘z tadbirkorlik faoliyatining barcha
segmentlarini puxta rejalashtira olmaydi.
Shunday qilib, har ikkala holatda ham natija bir xil, ya’ni
asoslanmagan qarorlar qabul qilinadi.
Muhimlikni aniqlashda kamchiliklarni pasaytirish uchun elektron
hisoblash mashinalaridan foydalangan holda har xil variantlarni ishlab
chiqish va keyinchalik ularni aniq qarorlar qabul qilish chog‘ida
taqqoslash mumkin.
Bizning fikrimizcha, buxgalteriya axborotlarining muhimligi,
ularning ahamiyatliligi to‘g‘risidagi talabni O‘zbekiston Respublikasida
buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga soladigan tizimdagi
me’yoriy hujjatlarga ham kiritish zarur. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga quyidagi tahrirda o‘zgartirish
kiritish maqsadga muvofiq: «Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish
xati xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning moliyaviy ahvoli, hisobot yili va
undan oldingi yillar ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligi, baholash
metodlari va moliyaviy hisobotning ahamiyatli moddalari to‘g‘isidagi
muhim axborotlarni o‘z ichiga olishi lozim».
Shuningdek, moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari uchun muhimlik
darajasi nisbiy ko‘rsatkich ko‘rinishida tegishli buxgalteriya hisobi
milliy standartlarida ham (№1 BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy
hisobot», №5 BHMS «Buxgalteriya balansi». №23 BHMS «Qayta tash-
kil etishni amalga oshirish», «Moliyaviy hisobotni to‘ldirish qoidalari»
(O‘zR MV 27.12.2002-y. 140-sonli buyrug‘ining 7-ilovasi) va b.)
keltirish zarur.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida aktivlar, majburiyatlar,
daromadlar, xarajatlar va xo‘jalik muomalalari alohida ochib berilishi
lozim, chunki bularni bilmasdan, manfaatdor axborotdan foydalanuv-
chilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvolini yoki uning moliya-
xo‘jalik faoliyati natijalarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Moliyaviy axborot ahamiyatliligining ko‘lamidan qat’i nazar,
mazkur talab faqat uning manbasi tegishli foydalanuvchilar bilan amalga
oshirilishi mumkin.
Ma’lumotlarning
Dostları ilə paylaş: