R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


bir-biriga zid bo‘lmaslik



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

bir-biriga zid bo‘lmaslik 
talabi mablag‘lar yoki 
manbalarning alohida turlari bo‘yicha joriy hisob ma’lumotlari hamma 
vaqt, har oyning birinchi sanasiga, ularni umumlashtiruvchi hisob 
obyektining oborotlari va qoldig‘iga mos kelishi lozimligidan kelib 
chiqadi.


42 
Tushunarlilik va soddalik
hisob axborotlarini boshqaruv maq-
sadlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, zarur hollarda guruhlangan holda 
foydalanish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Tejamlilik va oqilonalik
 
buxgalteriya hisobi boshqaruv funksi-
yasini amalga oshirishi uchun muhim talab hisoblanadi.
Mazkur talabning mazmuni axborotni olish xarajatlarining qiymati 
hamma vaqt ushbu axborotlardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar 
qiymatidan past bo‘lishini bildiradi. Aks holda bunday vaziyat buxgal-
teriya apparatining unga yuklatilgan funksiyalarni uddalay olmayot-
ganligi deb baholanadi. Ayni vaqtda buxgalteriya hisobini soddalash-
tirish uni oqilona tashkil etishning muhim yo‘nalishi sifatida amaldagi 
me’yoriy hujjatlarning majburiy talablaridan chetga chiqmasligi lozim.
2.4. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari 
 
Buxgalteriya hisobi axborotlarini hisobning boshqa turlarida 
shakllanadigan axborotlar bilan qiyoslaganda farq qiladigan belgilari 
uning asosiy prinsiplariga tayanadi. Ularga asoslangan holda har bir 
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum mahsulot, ish va 
xizmatlar bozorida o‘zining moliya-xo‘jalik strategiyasi ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga muvofiq 
buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilar: 

uzluksizlik; 

ishonchlilik; 

qiyoslanuvchanlik. 
Har bir prinsipning mohiyatini ochish uchun ularga batafsilroq 
to‘xtalib o‘tamiz. Demak,
Uzluksizlik.
Uzluksizlik printsipi keng ma’noda chuqur falsafiy 
mazmunga ega bo‘lib, hayotning bardavomligi, uzluksiz, yangi sifat 
bosqichlarida davom etaverishini bildiradi. Bu mazmun ramziy ma’noda 
buxgalterlarning xalqaro gerbida Bernulli egri chizig‘i ko‘rinishida ham 
o‘z ifodasini topgan(2.5-rasm). Ushbu egri chiziq Bernulli vafotidan 
so‘ng uning qabr toshiga ham o‘yib tushirilgan. 
Bernulli egri chizig‘i
– hisob insoniyat tarixining ibtidosidayoq 
paydo bo‘lib, to yerda hayot bor ekan mangu qolishini, uzluksiz davom 
etishini bildiradi.
Buxgalteriya hisobining uzluksizligi
esa korxonaning butun 
faoliyati davomida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari 


43 
tasdiqlangan qoida va buxgalteriya hisobi hamda hisobotining 
me’yorlari asosida tuzilib, qayd qilib borilishini talab etadi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin