R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Xarajatlarning turkumlanishi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

 
10.2. Xarajatlarning turkumlanishi 
 
Xarajatlarni guruhlash elementlar va kalkulatsiya moddalari bo‘yi-
cha amalga oshiriladi.
Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash zarurati korxona 
tomonidan hisobot davrida nima va qancha sarflandi degan savolga 
javob beradigan axborotlarni olish zaruratidan kelib chiqadi.
«Xarajatlar tarkibi … to‘g‘risidagi Nizom»
ga muvofiq mahsulot 
(ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar 
ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha 
guruhlarga ajratiladi: 

ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlari (qaytariladigan 
chiqindilar qiymati chegirilgan holda); 

ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat haqi xara-
jatlari; 

ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajrat-
malar; 
Tannarx turlari 
Texnologik 
Ishlab chiqarish 
To‘liq 


254 

ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati. 
Xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlash xalq xo‘jaligini 
rejalashtirishda qo‘llaniladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va uni 
tartibga solishda davlat aralashuvining kamayishi sharoitida xarajatlarni 
elementlar bo‘yicha guruhlash ahamiyati xalq xo‘jaligi darajasida o‘z 
ahamiyatini biroz yo‘qotadi. Mazkur guruhlash korxona miqyosida 
uning hisobot davrida butun ishlab chiqarishga moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslarning alohida turlari bo‘yicha qancha sarflanganligini 
aniqlashga imkon yaratadi. Tabiiyki, mazkur guruhlash yordamida 
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati ustidan muayyan 
mahsulot turlarini ishlab chiqarish, ish yoki xizmat turlarini bajarish 
bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish qiyin. Bu masala xarajatlarni 
moddalar bo‘yicha guruhlash yordamida hal etiladi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin