R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Buxgalteriya daftarlari
– bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan 
qog‘oz varaqlaridir. Muqovasida muayyan korxonaning nomi, hisobot yili va 
buxgalterlik hisobi schotlarining nomi va shifri ko‘rsatiladi. Daftar varaqlari 
buxgalteriya yozuvlari yozilishiga qadar raqamlanadi, ayrim maxsus 
ahamiyatga ega bo‘lgan daftarlar ip o‘tkazib, ipning uchlari daftarning oxirgi 
betiga surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi va «Ushbu daftarda hamma betlar 
raqamlangan» degan yozuv yozilib, korxona rahbari va bosh buxgalterining 
imzolari qo‘yiladi. Daftarning kerakli betini tez topish maqsadida uning 
birinchi betiga mundarija qilinadi. 
So‘nggi yillarda daftar shaklidagi hisob registrlari kam qo‘llanilmoqda. 
Chunki, ular hisob xodimlari orasida vazifalarni taqsimlashda noqulay va 
xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisoblash texnikasidan foydalanishni 
qiyinlashtiradi.
Kartochkalar
xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun 
mo‘ljallangan bir xil shakldagi qog‘oz va kartondan tayyorlangan, maxsus 
rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir. Ular analitik hisob uchun 
ishlatiladi.
Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil 
boshida reestrda avval qoldig‘i bor schotlar bo‘yicha ochilgan kartochkalar, 
so‘ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik tartibda qayd qilinadi. 
Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi va korxona buxgalteriyasida 
maxsus quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalarni saqlash va ulardan 
foydalanish qulay bo‘lishi uchun kartoteka bo‘lgichlar (karton plastinkalar) 
va indikatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Jamlash va hisoblash 
texnikasida bajarilganda ham kartochkalardan foydalanish yozuvlarni 
bajarishga imkon beradi. Bundan tashqari, ular hisob xodimlari o‘rtasida 
ishni taqsimlashda yordam beradi. 


315 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin