12.2.-rasm. Hisob registrlarining turkumlanishi. Kassa daftari, Bosh daftar
Materiallar, tovarlar va
sh.k.larni hisobga olish
kartochkasi
Vedomostlar, jurnal-orderlar
Hisobning turli uchastkalari
bo‘yicha
Jurnal-orderlar,
mashinogrammalar
Ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olish vedomosti, Bosh
daftar
Analitik hisob kartochkalari
Ro‘yxatga olish jurnallari, kassa
daftari
6, 7 va b. Jurnal-orderlar
Jurnal-orderlar, bosh daftar
Daftarlar
Kartochkalar
Alohida varaqlar
Mashinogrammalar
Uyg‘unlashgan
Sistematik
Analitik
Xronologik
Birlashgan
Sintetik
T
ash
qi k
o‘
ri
nis
hig
a
ko
‘r
a
Ax
bo
ro
tlar
h
ajm
ig
a
ko
‘r
a
His
o
b
y
o
zu
v
lar
in
in
g
t
u
rlar
ig
a
ko
‘r
a
H
I
S O
B
R
E
G
I
S T
R
L
A
R
I
Xodimning shaxsiy hisob
varaqasi
Asosiy vositalar analitik hisobining
inventor kartochkalari
Ko‘p tomonlama
Ikki tomonlama
Bir tomonlama
Sh
ak
lin
in
g
tu
zilis
hig
a
ko
‘r
a
T
o‘
ld
ir
ilis
h
us
ulig
a
ko
‘r
a
ShEHMda
to‘ldiriladigan
Qo‘lda
to‘ldiriladigan
Shaxmatli
Chiziqli
Debitorlarni hisobga olish
kartochkasi
Jurnal-orderlar, Bosh daftar va
boshqalar
Materiallar hisobi kartochkasi
Xarajatlarni hisobga olish daftari
Hisobdor shaxslar bilan
hisoblashishlar vedomosti
316
Alohida varaqlar kartochkalarga o‘xshash bo‘lib, ulardan formatining
kattaligi va yozuv qog‘ozida bosilishi bilan farq qiladi. Ular bir qancha
afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli hisob registrlari sifatida keng
qo‘llaniladi. Alohida varaqlar bir-biriga biriktirilmaganligi uchun ish
jarayonida qo‘llash ancha qulay va hisob xodimlari o‘rtasida ishni
taqsimlashda qo‘l keladi hamda hisobni avtomatlashtirish talablariga mos
keladi. Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlariga jurnal-order va ularga
qo‘shimcha vedomostlar misol bo‘la oladi.
Axborotlar hajmiga ko‘ra hisob registrlari sintetik hisob registrlari,
analitik hisob registrlari va birlashtiruvchi, ya’ni sintetik va analitik hisobni
birlashtiruvchi registrlarga bo‘linadi.
Sintetik hisob registrlari da xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, pul
ifodasida sintetik schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob registrlari
yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan
bo‘lishi mumkin.
Analitik hisob registrlari xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar
bo‘yicha yozish uchun mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sintetik
registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik
muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun
analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mohiyatini tavsiflaydigan
tushuntirish matni yozish uchun joy ajratilgan.
Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel,
lekin alohida qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot vedomostlari
tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha
texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun so‘nggi yillarda
sintetik va analitik hisobni o‘zida
birlashtiruvchi hisob registrlari keng
qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hisob yozuvlarini
qisqartiradi, alohida obyektlar hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir
vaqtning o‘zida sintetik hisobning umumlashgan ko‘rsatkichlarini olish
imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta
amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga
zarurat qolmaydi. Bunday hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va
«Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order
misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan
hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks
ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday
birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga
ehtiyoj qolmaydi. Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir
317
vaqtning o‘zida sintetik schot bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan
ifodalanadi. Sintetik va analitik hisobni bitta registrda birlashtirish
buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.