356
Konsolidatsiyalangan buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlardan
foydalanuvchilarning tarkibi va ularning axborotlarga ehtiyoji
13.1-jadval
Foydalanuv-
chilar
Axborotlarga ehtiyoj
1.
Aksiyador-
lar
Korporativ guruhga kiruvchi korxonalarga ishonib
topshirilgan kapitalning ular tomonidan boshqarilish
natijalariga qiziqishi
2. Boshqaruv-
chilar (mene-
jerlar)
Faoliyat natijalarini
tarmoqdagi boshqa guruhlar
natijalari bilan taqqoslash uchun
3. Xodimlar
O‘z tadbirkorlarining barqarorlik darajasi va ular
faoliyatining daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Investorlar
Investitsiyalar bilan bog‘liq risklarni va guruhning
qimmatli qog‘ozlarini sotib olish,
ushlab turish yoki
sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida ularning
daromadliligini baholash
5. Kreditorlar
Aktivlarning likvidliligini, xaridorning to‘lov qobili-
yatini va qarzlarni o‘z vaqtida uzishini baholash
6. Xaridorlar
Sotuvchi-korxona bilan
uzoq muddatli munosabatlar
mavjudligi va unga bog‘liqlik munosabati bilan uning
barqarorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
7. Hukumat va
boshqaruv
organlari
Tarmoq faoliyatini tartibga solish va soliq siyosatini
belgilash uchun zarur axborotlar
8. Jamoatchi-
lik
Kompaniyaning faoliyat miqyosini va ish o‘rinlar
bilan
ta’minlash imkoniyatlarini baholash
13.4. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati
Moliyaviy
hisobotga
tushuntirishlar
O‘zbekiston Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 22-moddasiga muvofiq
yoziladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning
moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni
to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini
to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu
davrdagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl)
357
va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl)da umumiy summa bilan
keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash
uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi
mumkin bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish
va tegishli asoslashlarni
tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash
ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va
korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan
qonunchilikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va
moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini,
jumladan
korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-
moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi,
asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda
ularning faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish,
mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlarni hisoblash
variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga
doir turli investitsion
loyihalarning rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash
va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: