355
aksiyasining egasi uning aksiyalar paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar
hajmini baholay olmaydi. Chunki, bosh kompaniya balansi faqat sho‘ba
korxonalarga qilingan qo‘yilmalar summasini o‘z
ichiga oladi va ushbu
qo‘yilmalarning jami real qiymatini va aksiyadorlarning ulushini aks
ettirmaydi. Aksiyadorlarga esa ular qo‘yilmalarining qiymatini obyektiv aks
ettiradigan, bosh kompaniyaga qarashli barcha sho‘ba
va tobe korxonalar
faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan axborotlar zarur.
Investorlarga konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot,
bir tomon-dan,
guruh aktivlari va kapitalining umumiy miqdorini (uning imko-niyatlarini)
baholash
uchun
zarur.
Boshqa
tomondan,
guruhning
o‘zi
konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan manfaatdor.
Chunki, bu o‘zining to‘lov layoqatini va moliyaviy barqarorligini ko‘rsatish
uchun ham zarur.
Kreditorlarni ko‘proq boshqa masalalar – guruhning o‘z qarzlari va
majburiyatlari bo‘yicha javob bera olish
imkoniyatlari qiziqtiradi, bunday
imkoniyatlar esa konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda to‘liqroq
beriladi. Bunda kreditorlar shuni bilib qo‘yishlari zarurki, har qanday guruh
ishtirokchisi shu guruhdagi boshqa korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha
javob bermaydi.
Guruhning turli boshqaruv pog‘onalarida konsolidatsiyalangan
moliyaviy hisobotga ehtiyoj har xil darajada bo‘ladi.
Guruhning eng yuqori boshqaruvi, uning
fond bozoridagi mavqeini
mustahkamlashga, haqiqiy moliyaviy ahvoliga tayangan holda uzoq muddatli
loyihalar tuzishga hamda turli darajada muzokaralar olib borish chog‘ida
uning
moliyaviy
ahvolini
tasdiqlashga
imkon
yaratganligi
bois,
konsolidatsiyalangan hisobot tuzilishidan alohida manfaatdordir. O‘rta
bo‘g‘in
menejerlarining
konsolidatsiyalangan
moliyaviy
hisobot
axborotlariga
qiziqishi, ular o‘z faoliyatlarining xususiyatlaridan kelib
chiqib, har bir guruh a’zosining ahvolini dinamikada
baholash maqsadida
uning alohida segmentlarini nazorat qiladi. Bu darajadagi menejerlar uchun
guruhning alohida korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar ko‘proq
zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: