389
Materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat
qilish usullari.
Umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xara-jatlarni
taqsimlash tartibi.
Davr sarflarini hisobdan o‘chirish tartibi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.
Soliqqa oid masalalar:
Alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari
bo‘yicha, sotilgan tovarlar bo‘yicha, har xil stavkalarda QQS solina-digan,
QQS solinmaydigan va hokazo).
Ijtimoiy soha obyektlarini hisobga olishni tashkil etish (mulklar
imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishda birga qo‘shib
ishlatilgan hollarda mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga huquq olish uchun).
«Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»nomli №1 BXMSga muvofiq
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirish
chog‘ida tanlangan buxgalteriya hisobi usullari tegishli tashkiliy-farmoyish
hujjatlari rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan qo‘llaniladi.
Hisobot yili davomida yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
bundan mustasnodir.
Hisob siyosatida ko‘rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari
xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
barcha
tarkibiy
bo‘linmalarida
qo‘llaniladi(
Hisob siyosatining mohiyati, me’yoriy-huquqiy asoslari, tarkibi,
ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi, o‘zgartirish kiritish masalalari 15-bobda
batafsil bayon qilingan
).
Dostları ilə paylaş: