393
15-bob. KORXONANING HISOB SIYOSATI
Kitobiy olimlik- ziynat,
ammo u poydevor emas.
M.Monten
15.1. Hisob siyosatining mohiyati va vazifalari
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish
usullarining
tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini
dastlabki kuzatish (
hujjatlashtirish va inventarizatsiya
), qiymat o‘lchovida
ifodalash (
baholash va kalkulatsiya
), joriy guruhlash (
schotlar va
ikkiyoqlama yozuv
) va yakuniy umumlashtirish (
balanslashtirish va
hisobot
)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil
korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash,
kalkulatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish
tartibi va hokazolarning
muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini
shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi.
Hisob siyosatining asosiy vazifasi
– korxona faoliyatini yuqori darajada
obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq
va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq
aks ettirish (to‘liqlik tamoyili);
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili);
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga
qaraganda xarajatlar va
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin
rezervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib
chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik
yuritish sharoitlaridan
kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan
ustuvorligi tamoyili);
har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va obo-
rotlarning analitik hisob ma’lumotlariga tengligi
Dostları ilə paylaş: