398
shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan
holda hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Ushbu
tamoyil
korxonaga
boshqa
korxonalardan
noto‘g‘ri
rasmiylashtirilgan, lekin bunday faktlar aniqlanganidan so‘ng, korxona
ichida tuzatilishi lozim bo‘lgan dastlabki hujjatlar olinganida amalga
oshiriladi. Shuningdek, operatsiya sodir bo‘lganligi boshqacha usul bilan,
masalan, olingan tovar alohida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha barcha
qo‘yilgan talablarga rioya qilingan holda, qabul qilinishi mumkin.
Muvofiqlik.
Korxona tomonidan tanlangan hisob usullari hisobning har
xil turlari tomonidan shakllantiriladigan ma’lumotlarning muvofiq-ligini,
masalan, har bir hisobot davrida analitik hisob oborotlari va qoldiqlarining
sintetik hisob schotlarinikiga tengligini ta’minlash uchun asos yaratadi.
Oqilonalik.
Hisob siyosati shunday tuzilishi lozimki, bunda
buxgalteriya hisobi oqilona va tejamli, korxona ko‘lami va faoliyat
miqyosiga mos tarzda yuritiladi. Ko‘rsatilgan tamoyillar korxona tomonidan
o‘z hisob siyosatini ishlab chiqish va qabul qilishning asosini tashkil etishi
lozim. Ularga rioya qilinmasligi korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini
buzib ko‘rsatishi mumkin.
Korxona
tomonidan
yuqorida
ko‘rib
chiqilgan
farazlar
va
tamoyillardan kelib chiqqan holda, qabul qilingan hisob siyosati korxonada
buxgalteriya hisobi tizimining yaxlitligini ta’minlaydi. U korxonadagi hisob
jarayonlarining barcha –
uslubiy, tashkiliy
va
texnik
jihatlarini qamrab oladi
(15.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: