395
hisobi obyektlari to‘plamiga ega.
Ikkinchi bosqich
da hisob obyektlarining
tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir
ko‘rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi.
Uchinchi bosqich
da
oldingi bosqichda aniqlangan, yo‘l qo‘yilgan qoidalarga nisbatan hisob
siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi.
To‘rtinchi bosqich
buxgalteriya hisobini
yuritishning muqobil usullaridan maqbulini tanlashdan iborat.
Beshinchi
bosqich
da
muayyan korxona uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi.
Oxirgi,
oltinchi
bosqich
da tanlangan hisob siyosati hujjat bilan
rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik
shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami);
tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani
kengaytirish, qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish, raqobatbar-
doshlikni mustahkamlash va b.);
faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi,
ishlatiladigan resurslar), tijorat (ta’minot va sotishni tashkil etish, hisob-kitob
tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq inspeksiyasi bilan o‘zaro
munosabatlar), boshqaruv (tuzulmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi, ularga
hisobot taqdim etish tartibi);
kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;
xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi,
buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligining ahvoli.
Dostları ilə paylaş: