o‘rganishi, agar biror stanok haddan ortiq ish bilan yuklangan bo‘lsa,
ishning bir qismini undan olib boshqasiga o‘tkazishi mumkin.
Ammo bu prinsipning kamchiliklari ham yo‘q emas: mahsulot
assortimentini oshirish tez-tez bir texnologik operatsiyadan
ikkinchisiga o‘tib turishni talab qiladi. Buning oqibatida stanoklami
qayta sozlashga qo‘shimcha
vaqt sarflanadi, tayyorlash davri
uzayadi, rejalashtirish va bo‘linmalaming ishlab chiqarish aloqalari
murakkablashadi, ya’ni iqtisodiy tomondan o‘zini oqlamaydi. Undan
bir tur va mayda seriyadagi katta nomenklaturali buyumlami ishlab
chiqarishda foydalaniladi.
Predmet prinsipida sexlar aniq bir buyum yoki uning tarkibiy
qismini tayyorlashga ixtisoslashadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab
chiqarishdagi sexlar aynan shu prinsipga tayanadi. Masalan, avtomobil
va traktor zavodlarida motor, shina, g‘ildirak,
kabina kabilami
tayyorlaydigan maxsus sexlar mavjud va sexlardagi qurilmalar
texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi.
Sex va uchastkalaming predmet prinsipiga asoslanishi ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil etishda ilg‘ or uslublami qo‘llashga yaxshi
muhit yaratadi. Texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligida
qurilmalaming joylashishi buyumlami tayyorlash jarayonidagi harakat
yo‘li hamda uni tashish vaqtini qisqartiradi. Shuningdek, oqim va
avtomatik liniyalami uyushtirish imkoni paydo bo‘ladi, ishchilar tor
doiradagi operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashishi
natijasida ularning
malakasi ortadi, mehnatni tashkil etish yaxshilanadi, chiqarilayotgan
mahsulot sifatiga javobgarlik kuchayadi.
Umuman olganda, bulaming barchasi oxir-oqibatda mehnat
unumdorligini oshirib, mahsulot tannarxini qisqartiradi. Kam-
chiliklaridan biri bu kichik hajmdagi ishni bajarishda qurilmalaming
to‘la quwatda ishlatilmasligidir.
Bu prinsipdagi uchastkalami tashkil etish nisbatan doimiy va
katta bo‘lmagan nomenklaturadagi buyumlami tayyorlashda, ya’ni
yirik seriyali va qisman ommaviy ishlab chiqarishda ijobiy natija
beradi. Texnologik-predmet prinsipida
tayyorlov sexlari texnologik
30
prinsipga asoslansa, ishlov berish sexlari esa predmet prinsipiga
asoslanadi. Mazkur prinsipning ishlab chiqarish tuzilmasi aksariyat
yirik mashinasozlik korxonalariga xos bo'lib, ulardagi mayda seriyali
va seriyali ishlab chiqarish uyg‘unlashganlikning yuqori darajasi
va texnologik-predmet ixtisoslashganlikning past darajasi bilan
farqlanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish tuzilmalarining rivojlanishiga ta’sir
etuvchi asosiy omillar quyidagilardir:
- yangiliklar-o‘zgarishlar (ichki va tashqi)ga korxona tuzilma-
sining moslashuvchan va kirishuvchanligini ta’minlash maq
sadida loyihalashtirish va ishlab
chiqarish tuzilmalarini
rivojlantirish sohasidagi yutuqlami o‘rganib borish;
- korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari soni va hajmini
optimallashtirish;
- asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar o ‘rtasida
ratsional munosabatni ta’minlash;
- mahsulotning konstruktiv bir turliligini ta’minlash;
- korxona bosh rejasi va bo‘linmalar rejalashtiriluvining ratsio-
nalligi;
- ishlab chiqarishni avtomatlashritilish darajasini oshirish;
- ishlab chiqarish quwati, texnologik jarayonlaming ilg‘orligi,
avtomatlashritilish darajasi, kadrlar malakasi kabi parametrlar
bo‘yicha korxona ishlab chiqarish tuzilmasi komponentlarining
mutanosiblik prinsipiga mosligini ta ’minlash;
- mehnat predmetlari harakatining
davomiyligini qisqartirish
maqsadida texnologik jarayonlaming aniqlik prinsipiga tuzilma
mosligini ta’minlash;
- tizimdagi jarayonlaming sifat darajasiga tizimga kirish sifat
darajasining mosligini ta’minlash;
- yirik korxona ichida ishlab chiqarish predmeti yoki texnologik
ixtisoslashgan yuridik mustaqil kichik tashkilotlami tashkil
etish;
- asosiy fondlar xizmatining m e’yoriy muddatini qisqartirish;
- korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining rejaviy-ogoh-
lantiruv ta’mirlash ishlari grafigiga rioya qilish, o'tkazilayotgan
ta’mirlash ishlari davomiyligini qisqartirish va ular sifatini
oshirish, fondlami vaqtida yangilab borish.
Dostları ilə paylaş: